14:30 / 12.02.2022
1 172

Qozog‘istonda Rossiyaga o‘zbek trikotaj buyumlari olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Qozog‘istonda Rossiyaga o‘zbek trikotaj buyumlari olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: «Kaztag.kz»
Nur-Sulton-Pavlodar trassasida Rossiyaga o‘zbek trikotaj buyumlari olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi, deya xabar bermoqda KazTAG.

«12 fevral kuni soat 01:38 da Nur-Sulton-Pavlodar avtomobil yo‘lida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. 2010 yilda ishlab chiqarilgan Renault Premium rusumli yuk mashinasi 40 kv.m trikotaj buyumlari ortilgan tirkamasi bilan butunlay yonib ketdi», — deya xabar berdi shanba kuni Pavlodar viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, yuk mashinasi O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan bo‘lgan. Ikki haydovchi Qalqaman qishlog‘idagi issiqlik punktiga evakuatsiya qilindi.

Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘in soat 5:00 da o‘chirilgan. Noxush holatga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Zarar o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda Rossiyaga o‘zbek trikotaj buyumlari olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi