Foto: Chris McGrath / Getty Images
Rossiya Ukrainadagi barcha diplomatik vakolatxonalaridan xodimlarini ko‘chirishni boshladi. Bu haqda TASS RFning Kiyevdagi elchixonasiga asoslangan holda xabar berdi.
«Personal evakuatsiyasi allaqachon boshlandi», — degan agentlik suhbatdoshi.
Rossiya TIV shu kunlarda Ukrainadagi dipmissiyalar xodimlari evakuatsiya qilinishi haqida anons bergandi. Vazirlik buni 2014 yildan buyon bir necha bor Kiyev, Odessa, Lvov va Xarkovdagi elchixonalar va bosh konsulxonalardagi rossiyalik diplomatlar «tajovuzkor harakatlar ob’ekti»ga aylangani bilan izohlagandi. Diplomatlar manziliga jismonan yo‘q qilish bilan tahdidlar bo‘lgani, ularning mashinalari yoqib yuborilgani, ammo Ukraina hukumati bu holatlarga reaksiya qilmagani aytilgan.
Yanvar oyi oxirida G‘arbdagi ko‘plab mamlakatlar Rossiya bosqini xavfi o‘z diplomatlari yoki Ukraina g‘arbiga ko‘chirilishi yoki mamlakatdan butunlay olib chiqib ketilishi haqida e’lon qila boshladi. Moskva Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanmayotganini ta’kidlab keldi.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRni tan oldi, 22 fevral kuni Federatsiya kengashi respublika hududiga rossiyalik harbiylar kiritilishiga ruxsat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Fransiya kubogi. "Lans" PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi, Husanov gol urdi!
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi