Foto: People Talk
Keyt Middlton va shahzoda Uilyam hamda ularning farzandlari — sakkiz yoshli Jorj, olti yoshli Sharlotta va uch yoshli Lui uzoq vaqtdan beri butun dunyo jamoatchiligining e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Juftlik bolalarning suratlarini baham ko‘rishiga qaraganda ularni tez-tez jamoat joylariga olib boradi va qirollik merosxo‘rlari ham o‘zlarini bunga munosib tutadi. Muxlislari buni allaqachon payqagan, shuning uchun Keyt va Uilyam farzandlarini qanday tarbiyalashlari, ular qanday qoidalarga amal qilishlariga qiziqadi.
Daily Express bolalarni himoya qilish tashkiloti Babysense ekspertlariga tayanib xabar berishicha, juftlik Jorj, Sharlotta va Lui bilan muloqot qilishda qanday asosiy qoidaga rioya qilishlari haqida gapirib bergan. Mutaxassislarning fikricha, er-xotin farzandlarining odobli bo‘lib ulg‘ayishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, oilada baqirishni taqiqlash o‘rnatilgan: juftlik ham har doim bolalar oldida xotirjamlikni saqlab qoladi. Uilyam va Keyt hatto kichkintoylar qandaydir hazil qilgan bo‘lsalar ham, g‘azablanishga yo‘l qo‘ymaydi.
«Ko‘pincha bunday xatti-harakatlar oilada tinchlik hukm surgan muhitni yaratadi. Bolalar bilan muloqot qilishda Keyt va Uilyam yomon harakatlarning oqibatini aniq tushuntiradi, lekin hech qachon baqirmaydi. Agar ota-ona baqirsa, bola qo‘rqib ketadi va ko‘proq sarosimaga tushadi, natijada vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin. Farzandlar bilan xotirjam, ammo qat’iyat bilan suhbatlashish bu keskin vaziyatni bartaraf etish va fikringizni bolalarga aniq hamda tushunarli qilib yetkazishning ajoyib usuli», – deya qo‘shimcha qilingan.
Qirollik oilasida bolalar uchun alohida enaga – Mariya Borrallo bo‘lsa-da, juftlikni farzandlari bilan tushgan suratlarini tez-tez ko‘rish mumkin, Uilyam va Keyt bolalarni tarbiyalashda faol ishtirok etadi. Avvalroq juftlik People nashriga bolalari bilan qanday vaqt o‘tkazishlari haqida so‘zlab bergan: «Birinchidan, ochiq havodagi faol o‘yinlar juda muhim. Ikkinchidan, oilaviy birgalikda tabiat qo‘ynida, albatta, dam olish kerak – xoh u velosiped haydash yoki qandaydir joyga sayr qilish bo‘lsin. Uchinchidan esa bolalar bilan iloji boricha tez-tez suhbatlashish kerak». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi