
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali suhbatlashdi. Putin Fransiya va Germaniya davlat rahbarlari bilan 10 martda, Sholsning o‘zi bilan 4 martda gaplashgandi.
Kreml xabariga ko‘ra, Putin suhbatdoshlariga Ukrainada real vaqt rejimidagi ijtimoiy vaziyat, jumladan mamlakat kuchishlatar tizimlari tomonidan xalqaro inson huquqlari me’yorlari qo‘pol ravishda buzilayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan.
Suhbat, taxminan, ikki soat davom etgan, deya xabar qilgan Yelisey saroyidagi manbaga tayanib Le Figaro. Fransiya va Germaniya hukumatlari subat mavzusi yuzasidan rasmiy axborotlarni hali joylashtirmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar