
AQSh tashkil qilgan va moliyalashtirgan Ukrainadagi biolaboratoriyalarda koʻrshapalaklar koronavirusi bilan tajribalar olib borilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.
“Ukrainada tashkil qilingan va moliyalashtirilayotgan biolaboratoriyalarda, hujjatlarning koʻrsatishicha, koʻrshapalaklar koronavirusi namunalari bilan tadqiqotlar oʻtkazilgan”, - dedi Konashenkov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
AQSh Davlat deparatmenti Ukrainada biolaboratoriyalari yoʻqligini ma'lum qildi, ammo bunga qadar Amerika davlat kotibining oʻrinbosari Viktoriya Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar ob'ekti mavjudligini tan olgan edi.
Nulandning soʻzlariga koʻra, Amerika tomoni ukrainlar bilan bu tadqiqot materiallarini Rossiya kuchlari qoʻliga tushishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ish olib bormoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada AQShga ishlagan 30 ta biolaboratoriya tarmogʻini aniqlagan. Yaqin kunlarda vazirlik Ukrainadagi Amerika biolaboratoriyalari faoliyati toʻgʻrisidagi yangi hujjatlar toʻplamini oshkor qilish niyatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!