14:00 / 16.03.2022
1 420

Makron «Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikovaga siyosiy boshpana berishini aytdi

Makron «Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikovaga siyosiy boshpana berishini aytdi
Foto: Shutterstock
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatning Rossiya «Birinchi kanal»i muharriri Marina Ovsyannikovaga siyosiy boshpana va diplomatik himoyani ta’minlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

BMT ham jurnalistni qo‘llab-quvvatlagan va Rossiya hukumatidan ayolga nisbatan tajovuzkor harakatlar qilmaslikni so‘ragan.

Makron Marina Ovsyannikova ishi hamda Fransiyaga kelgan, maxsus markazga joylashtirilgan ukrainalik qochoqlar masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsan muhokama qilishi haqida gapirgan.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ravina Shamdasani ham Ovsyannikovani maqtagan va u qilgan ishni jasorat deb atagan.

«Biz Rossiya hukumatidan ayolga nisbatan keskin choralar ko‘rmaslikni, uning huquqlari himoyasi kafolatlanishini va mamlakatda so‘z erkinligi prinsiplari hurmat qilishinishi so‘raymiz»,— deya Shamsadanining Jenevadagi brifingda aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters.

14 mart kuni «Birinchi kanal» xodimasi qo‘lida plakat ushlagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda orqa plandan turib qisqa vaqt davomida Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qilgan. Shuningdek, jurnalist ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yo‘llagan va ikki birodar xalqning tichlik kelishuvi imzolashi zarurligini qayd etgandi. Kreml ushbu harakatga «bezorilik» deb ta’rif bergan.

15 mart kuni Moskva Ostankino sudi Ovsyannikovani jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha aybli deb topgan va unga nisbatan 30 ming rubl jarima jazosini tayinlagan. Suddan keyin Ovsyannikova politsiyada uni 14 soat davomida so‘roq qilishgani, ammo yuridik yordam olish va yaqinlari, oila a’zolari bilan suhbatlashishga sharoit yaratib berishmaganini aytgan. Jurnalist ushbu harakatidan keyin uni qo‘llab-quvvatlagan hammaga minnatdorlik bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron «Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikovaga siyosiy boshpana berishini aytdi