Foto: RT
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Britaniya hukumati Rossiya universitetlari va kompaniyalari bilan ilmiy hamkorlik sohasida cheklovlar joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda Britaniya Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berilgan.
Buyuk Britaniya «Rossiya o‘lchoviga ega» loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlarini to‘lashni to‘xtatdi. Mamlakat o‘zining tadqiqot va innovatsion tashkilotlari orqali Rossiya bilan «Putin rejimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri foyda keltiradigan» har qanday yangi qo‘shma loyihalarni moliyalashdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya fan va innovatsiyalar, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi hukumatlararo muloqotni ham to‘xtatdi.
«Bu choralar Rossiya davlatiga, shuningdek, Kreml bilan yaqin aloqada bo‘lgan odamlar va tashkilotlarga qarshi qaratilgan», — dedi Buyuk Britaniya fan vaziri Jorj Friman. «Bu harakatlar Kremlning xatti-harakatlariga tez-tez e’tiroz bildirib turadigan rossiyalik tadqiqotchilar va talabalarga emas, balki Putin rejimiga qarshi qaratilgan».
Shu bilan birga, Frimanning aytishicha, Britaniya hukumati mamlakatda ilmiy faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan ukrainalik olimlarga yordam berish uchun 3 million funt sterling (3,6 million yevro) ajratishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz