Foto: Instagram
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva bilan tinchlik shartnomasi imzolangan taqdirda ham Rossiyaning xavfsizlik kafolatlariga ishonmasligini aytdi. Bu haqda u ukrainalik jurnalistlarga bergan intervyusida gapirgan.
«Biz siz bilan eng kuchli shartnomani imzolaganimizda ham Rossiya ikki yildan keyin qaytishi mumkinligini tushunamiz. Agar buni qabul qilsak, shunga qarab harakat qilish kerakligini bilamiz», — dedi Zelenksiy.
Shaxsiy ikki tomonlama aloqalar haqida gapirar ekan, Zelenskiy Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashuv «bo‘lmasligi» mumkinligini ta’kidladi. Biroq prezidentning fikricha, Ukraina Buchada yuz bergan voqeadan keyin ham muzokaralarni davom ettirishi kerak. Avval Zelenskiy Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligi haqida bir necha bor gapirgandi.
Ukraina rahbari Buchadagi voqealarni «katta fojia» va «genotsid» deb atadi. «Biz bu genotsid ekaniga, ular hammasi uchun jazolanishi kerakligiga ishonamiz. Ushbu pozitsiya bilan birga uchrashuv imkoniyatini topish, uchrashuvda vaziyatdan chiqish yo‘lini topish kerak va bu yo‘lda hududlarimiz boy berilmasligi zarur deb hisoblaymiz», — dedi Zelenskiy. U barcha harbiy jinoyatchilar jazolanishini va’da qildi.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Moskva bilan muzokaralarda Ukrainaning «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya»si haqida gapirish rejalashtirilmaganini qo‘shimcha qildi. «Hatto menga Kiyevni tark etishni taklif qilishgan paytda ham Ukrainani demilitarizatsiya qilish haqidagi jumlani eslamaganmiz. Biz ularga demilitarizatsiya va denatsifikatsiyani unutinglar, bu haqda gapirmaymiz deb aytdik ham», — ta’kidladi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”