Foto: Ruposters
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Mariupolda «Ukraina 36-dengiz piyodalari brigadasining 1026 nafar harbiy xizmatchisi o‘z xohishiga ko‘ra qurollarini tashlab, taslim bo‘lgan»ini ma’lum qildi. Bu haqda u 13 aprel kuni ertalab o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, taslim bo‘lgan harbiy xizmatchilarning 162 nafari ofitser.
«Ukraina 36-dengiz piyodalari brigadasining 151 nafar yaralangan harbiy xizmatchisiga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng ularning barchasi davolanishi uchun Mariupol shahar shifoxonasiga yetkazilgan», — deydi Konashenkov.
36-dengiz piyodalari brigadasining harbiy xizmatchilari taslim bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar avvalroq rus Telegram kanallarida paydo bo‘lgandi. Shuningdek, 12 aprel kuni kechqurun Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov ham bu haqda ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, Ukraina OAVlari 12 aprel kuni dengiz piyodalarining 36-maxsus brigadasi qurshovdan chiqib, «Azov» polka bilan birlashgani haqida yozgan edi.
11 aprel kuni Fecebook’da Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari dengiz piyodalarining 36-maxsus brigadasiga o‘q-dorilar yetishmayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. 10 aprel kuni «Azov» polkining Twitter’dagi sahifasida polk komandiri o‘rinbosari Svyatoslav Palamar bo‘linma bilan ikki haftadan beri Ukrainaning siyosiy rahbariyati bilan aloqa o‘rnata olmayotganini aytgan videosi paydo bo‘ldi.
12 aprel kuni Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Mariupolda qolgan harbiylarga rostdan ham o‘q-dorilar yetishmayotganini yozdi. «Prezident va Qurolli kuchlar rahbariyati biror yechim topish va jangchilarimizga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda», — degan u. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"