21:20 / 18.04.2022
1 954

Lukashenko o‘z shifokorini pora ustida qo‘lga oldi

Lukashenko o‘z shifokorini pora ustida qo‘lga oldi
Foto: «BЕLTA»
Belarusda pora olishda ayblangan bir talay vrach-ortopedlar qo‘lga olindi. Prezident Aleksandr Lukashenko «shaxsan o‘zi nazorat qilgan ushbu operatsiya» haqida sog‘liqni saqlash vaziri, bosh prokuror va KGB (DXQ) raisi bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Prezidentning aytishicha, qo‘lga olinganlar operatsiya stolida yotganlarga import ortopedik «zapchastlar» qo‘yilishi va’dasini berib, evaziga kattagina pul undirib kelishgan. Ularning ayrimlarining uyidan 300 mingdan 650 ming yevrogacha naqd pul topilgan.

«Afsuski, qo‘lga olingan 35 shaxs orasida davlat rahbarini bir necha marta ko‘rikdan o‘tkazgan «prezident vrachi» ham bor. Bundan qayg‘udaman, biroq qonun — hammaga barobar», — ta’kidlagan Lukashenko.

Xabarga ko‘ra, DXQ 2018 yilda Belarus Travmatologiya va ortopediya RIAM direktori Aleksandr Beletskiyni pora bilan qo‘lga olgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko o‘z shifokorini pora ustida qo‘lga oldi