1 905
Rossiya Buchada tinch aholining o‘ldirilishini xalqaro tergov qilish tashabbusidan voz kechdi
Foto: AFP
Rossiya BMTda Ukrainadagi voqealar, jumladan, Bucha shahrida tinch aholining qirg‘in qilinishiga oid dalillar bo‘yicha xalqaro tergov boshlash tashabbusini ilgari surmaydi. Bu haqda Rossiya TIVning xalqaro tashkilotlar departamenti direktori Pyotr Ilichev «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva ushbu masalalarda tergovning xolis borishiga shubha qilmoqda.
«BMTda hozircha ushbu masala ko‘tarilmadi. Qanaqa tergov bo‘lishi, uni kim olib borishini ko‘rish kerak. Afsuski, oldingi tergovlar tajribasi, jumladan, Xalqaro jinoiy sud liniyasi favqulodda noxolis pozitsiyani ko‘rsatmoqda», — deydi Ilichev.
Bundan oldinroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Buchada tinch aholining o‘ldirilishiga aloqasi borligini rad etishi va u yerdagi voqealar «maksimal yuqori darajada» — BMT Xavfsizlik kengashida muhokama etilishi tarafdori ekanini ma’lum qilgandi.
Kiyev viloyatidagi Bucha shahrida tinch aholining qirg‘in qilingani 2 aprel kuni, Rossiya harbiylari chiqib ketganidan keyin Ukraina armiyasi shahar ustidan nazorat o‘rnatgan paytda ma’lum bo‘ldi. Ukraina prezidenti mahalliy aholining o‘limida rossiyalik askarlarni aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi halok bo‘lganlarning video va suratlarini «provokatsiya» va «G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun Kiyev rejimining tomoshasi» deb atadi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, rus harbiylari 30 mart kuni shaharni tark etgunga qadar Bucha shahridagi birorta ham mahalliy aholi «hech qanday zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi