20:50 / 19.04.2022
1 240

BAA chet elliklar uchun bir qator imtiyozlarga ega yangi vizalarni tasdiqladi

BAA chet elliklar uchun bir qator imtiyozlarga ega yangi vizalarni tasdiqladi
Foto: Bloomberg
Birlashgan Arab Amirliklari Vazirlar Mahkamasi chet elliklarning mamlakatga kirishi va yashashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Nizom chet elliklarga iqtisodiyotda kattaroq ulush berishga qaratilgan jarayonni rasmiylashtirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

- Mamlakatga kirish va yashashning yangi tizimi butun dunyodan global iste’dodlar va malakali ishchilarni jalb qilish, saqlab qolish, mehnat bozorining raqobatbardoshligi va moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan, — deyiladi bayonotda.

Chet ellik fuqarolar BAA aholisining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi va o‘nlab yillar davomida iqtisodiyotning asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. BAA yettita shayxlikni o‘z ichiga oladi, jumladan Dubay va Abu-Dabi.

Yangi nizomga ko‘ra oltin rezidensiyasi belgilanadi va bunga egalik qiluvchi fuqarolarga bir qator imtiyozlar beriladi. Bu turdagi rezidensiyaga ega bo‘lgan fuqarolarga homiylik qilish imkoni beriladi.

Ko‘chmas mulk investorlari qiymati 2 million dirhamdan (544 500 dollar) kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni sotib olayotganda oltin rezidensiyaga ega bo‘lishlari mumkin.

Bundan tashqari BAA’ga kirish uchun vizalar bir necha yo‘nalishga tabaqalashtiriladi. Bular orasida malakali mutaxassislar, frilanserlar, investorlar va tadbirkorlarni jalb qilish uchun 5 yillik yashash vizasi ham mavjud.

Sayyohlar uchun esa ko‘p martalik turistik vizalar joriy etilgan. Ish maqsadida viza olmoqchi bo‘lganlarning minimal ta’lim darajasi bakalavr yoki shunga tenglashtirilgan daraja bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA chet elliklar uchun bir qator imtiyozlarga ega yangi vizalarni tasdiqladi