Kelajakda o‘zga davlat sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollardan foydalanish - uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘lishi mumkin, dedi "Roskosmos" bosh direktori Dmitriy Rogozin.
"Shuni yodda tutish kerakki, begona kosmik apparatning yo‘q qilinishi - bu uchinchi jahon urushidir. Ya’ni, bu, casus belli, albatta, ya’ni muqarrardir", - dedi Rogozin "Rossiya 24" telekanali efirida.
U sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazishga moratoriy qo‘yishga chaqirayotgan AQSH vakillariga ishonmaslikka chaqirdi. Chunki Qo‘shma Shtatlarning o‘zi allaqachon zarur sinovlarni o‘tkazib bo‘lgan va kosmik apparatlarga qarshi tizimlarni o‘z qurollari safiga qo‘shgan. Endi bo‘lsa o‘zlaridan "tinchlik kaptari" yasashmoqda, - dedi Rogozin.
Roskosmos direktori, shuningdek, insoniyat tez orada koinotda ommaviy qirg‘in qurollari joylashtirilishiga guvoh bo‘lshi mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlarida allaqachon bunday ishlanmalar mavjud - xususan, ularning maxfiy X-37B mini-shatli ham razvedka mashinalarini, ham qurollarni olib yurishi mumkin, deb hisoblaydi davlat korporatsiyasi bosh direktori.
“Xitoy va Rossiyaning koinotda qurol-yarog‘ joylashtirishni taqiqlovchi shartnoma bo‘yicha qo‘shma taklifi bor. AQSH bo‘lsa, ushbu takliflarga javob berish o‘rniga bema’ni bayonotlar bilan chiqmoqda”, - dedi Rogozin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar