Foto: «Bel Novosti»
Vaqt o‘tishi bilan barcha sochiqlar avvalgi yumshoqligini yo‘qotadi. «Bel Novosti» nashri qanday qilib ularni yana yumshoq va paxmoq qilish mumkinligini ma’um qildi.
Sochiqni qanday yuvish kerak?
Sochiqlarni yuvish uchun faqat suyuq yuvish vositalaridan foydalanishingiz kerak, kukun bilan sochiq matosi dag‘allashadi. Bundan tashqari, silikonli konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi.
Agar paxmoq sochiqlarni oddiy kukun bilan yuvgan bo‘lsangiz, ularni konditsioner bilan bir necha marta, yaxshisi uch yoki to‘rt marta chayish lozim.
Qolaversa, yumshoq sochiqlarni qaynatib bo‘lmaydi, ular kirmashina barabanining yuqori tezligida yoki suvni tejash rejimida yuviladi. Shuningdek, sochiqni toza havoda quritish tavsiya etiladi.
Agar sochiqlar allaqachon juda eskirib, dag‘allashib ketgan bo‘lsa, ularni tuzli suvda yuvish mumkin. Ayniqsa, kir mashinada sochiq bilan birga kichkina to‘p, masalan, tennis to‘pini qo‘yish orqali ham matoni yumshoq va paxmoq qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi