1 280
Oq kedalar va krossovkalarni qanday qilib yangi holatidek ko‘rinishga keltirish mumkin?
Foto: «Noviy ochag»
Yangi krossovka va keda sotib olgandan ko‘ra eski, kir bo‘lgan oyoq kiyimlarni yuvib toza holatga keltirib kiygan ma’qul. Oq keda va krossovkalarni yangi holatga keltirishning bir qancha usullari mavjud.
Qanchalik toza joyda yurishingizdan qat’i nazar, jinsi shimlar, oq ko‘ylak va poyabzal kabi narsalarni kiyish ba’zan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Toza bo‘lmagan joyda ko‘p yurmasangiz ham yangi krossovkalar mukammal ko‘rinishini yo‘qotadi. Bunday holatlarda oq krossovka va kedalar qisqa vaqt ichida kir bo‘lishi va kul rangga kirishi mumkin.
Foto: «Noviy ochag»
Oq kedalarni yoki krossovkalarni qanday tozalash kerak?
- Poyabzalni tozalash osonroq bo‘lishi uchun uning matosidagi chang va kirlarni artib olishingiz kerak. Tozalashni yumshoq cho‘tka yoki dumaloq changyutgich cho‘tkasi bilan qilishingiz mumkin. Oyoq kiyimning sirtini cho‘tka bilan ishqalang.
- Keyin bir osh qoshiq iste’mol sodasi, yarim qoshiq vodorod periksiga iliq suv qo‘shib, yupqa pasta hosil qiling. Eski tish cho‘tkasi yoki yumshoq cho‘tkani pastaga botirib, oyoq kiyimingizni sekin-sekin tozalang.
- Vodorod periks barcha matolar uchun oqartiruvchi hisoblanadi, iste’mol sodasi esa dog‘lardan tozalaydi.
- Krossovkalaringizni chayishdan so‘ng toza, nam mato bilan yaxshilab artib oling. Barcha tozalovchi pasta va kirlarni yo‘qolganiga ishonch hosil qiling.
- Krossovkaning kauchukli tag qismini mato qismiga ishlatgan pasta bilan tozalang va ularni salqin joyda quriting.
Foto: «Noviy ochag»
Krossovkalarni kir yuvish mashinasida yuvish mumkinmi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, har qanday poyabzalni, ayniqsa yangi oyoqkiyimlarni qo‘lda yuvish eng yaxshi usul hisoblanadi. Ba’zida buning uchun vaqt yetarli bo‘lmaydi. Biroq, kir yuvish mashinasiga faqat kedalarni yuvgan ma’qul.
Kir yuvish mashinasida oyoq kiyimlarni yuvishning eng yaxshi usullari
- Krossovkalarning shaklini saqlab qolish uchun ularni to‘rli sumkaga joylashtiring va yukni muvozanatlash, yumshatish uchun bir nechta eski sochiqni qo‘shing.
- Sekin yuvish rejimini, sovuq yoki iliq suvni, past yoki o‘rta aylanish tezligini tanlang.
- Oyoq kiyimlarini yuvgandan keyin quritish uchun ho‘l krossovkalarni qog‘oz sochiq bilan to‘ldiring va ularni issiqdan, quyosh nurlaridan uzoqroq joyda quriting.
Oq charm krossovkalarni qanday tozalash kerak?
Har doim charm krossovkalaringizni qo‘l bilan yuving. Yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatmalarga amal qilishingiz mumkin, ammo retseptdan vodorod periksni chiqarib tashlashni unutmang. Oyoq kiyim charmini iste’mol sodasi, pastasi bilan yaxshilab artib oling va toza, nam mato bilan yuving. Krossovkalar quriganidan so‘ng, ularni yumshoq va egiluvchan bo‘lishi uchun yaxshilab quritib oling.
Oq krossovkalarni tozalash bo‘yicha mutaxassislar maslahati
- Poyabzaldagi shnurlarni olib tashlang (agar oyoq kiyimingizda ular bo‘lsa) va ularni idish yuvish vositasi bilan iliq suvda alohida yuving. Oyoq kiyimingizga qayta bog‘lashdan oldin ularni quritib oling.
- Oyoq kiyimingizni birinchi marta kiyishdan oldin va har bir tozalashdan so‘ng, uzoqroq toza saqlash uchun sprey yoki dog‘lardan saqlaydigan vositani seping.
- Dog‘larni yo‘qotish uchun yumshoq idish yuvish vositasi va uning suv bilan aralashmasini qo‘llang.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?