16:57 / 25.08.2022
1 396

Qay biri foydaliroq: murabbomi yoki muzlatilgani: rezavor mevalarni muzlatishning 7 ta siri

Qay biri foydaliroq: murabbomi yoki muzlatilgani: rezavor mevalarni muzlatishning 7 ta siri
Foto: Pinterest
Muzlatish — bu mevalarni qayta ishlashning oson usuli. Ammo bu holatda ham nyuans va turli usullar mavjud.

Qaysi biri foydaliroq: murabbomi yoki muzlatish

Ergonomika nuqtai nazaridan, murabbo pishirish qulay — bankalar muzlatkichda joy egallamaydi. Ammo issiqlik bilan ishlov berish jarayonida vitaminlar va ozuqa moddalarining aksariyati yo‘qoladi. Shirin qilish uchun esa juda ko‘p shakar kerak bo‘ladi. Ushbu xarajatlarga qo‘shimcha ravishda sizga idishlar, himoya qopqoqlari, shuningdek, bankalarni qaynatish va sterilizatsiya qilish uchun bir necha soat kerak bo‘ladi. Shuning uchun muzlatish foydali va osonroq, vaqt va pulni behuda sarflashning hojati yo‘q — katta muzlatkichga ega bo‘lish kifoya. Agar qishda murabbo yemoqchi bo‘lsangiz, muzlatilgan mevalardan bemalol pishirishingiz mumkin.

Mevalarni muzlatish sirlari

Bog‘dagi barcha mevalarni muzlatish mumkin. Qishda do‘kondan sotib olinmaydigan narsalar — qulupnay, malina, uzum, smorodina, gilosni muzlatib olgan ma’qul.

Xom ashyoni tayyorlash

Muzlatish uchun katta, pishgan va chirimagan mevalarni saralang. Muzlatishdan oldin iliq suvda yuvish va sochiq bilan quritish kerak. Malina va qulupnayni yaxshilab quritish muhim, ular yumshoq va oson deformatsiyalanadi. Agar shirinlikka qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, gilos yoki olchaning danaklarini olib tashlash mumkin, kompot va mevali ichimliklar tayyorlash uchun qoldirsangiz ham bo‘ladi. Ba’zi uy bekalari bandini olib tashlashadi, ba’zilari esa tabiiy shaklda muzlatishadi.

Saqlash uchun idishlar

Yumshoq rezavor mevalarni (qulupnay, golubika, yejevika, malina) plastik idishlarda muzlating — ular shaklini yaxshiroq saqlaydi. Ammo gilos, olcha, krijovnik, smorodinani og‘zi mahkamlangan paketlarga bir qavat qilib solish kerak. Kokteyl trubkasi bilan ortiqcha havoni tortib olish lozim, shunda paket yanada ixchamlashadi.

Harorat

Foydaliligini maksimal saqlab qolish uchun rezavorlar past haroratda muzlatilishi kerak: -18-20 daraja. Ammo muzlatkichning pastki qavatiga qo‘yib, asta-sekin muzdan tushirish tavsiya etiladi. Iliq suv yoki mikroto‘lqinli pechdan foydalanish tavsiya etilmaydi, mahsulot yumshab, shilimshiq bo‘lib qoladi.

Qayd

Qishda hamma narsa qayerda ekanligini bilish uchun mevali konteyner va paketlarga qaydlar yozib qo‘ying. Mahsulot nomi, muzlatish sanasi va porsiyaning og‘irligini ko‘rsating. Bunda siz maxsus stiker, lenta yoki leykoplastirdan foydalanishingiz mumkin.

Saqlash muddati

Muzlatilgan bo‘lsa ham, rezavorlar haroratga bog‘liq bo‘lgan saqlash muddatiga ega. -6 daraja haroratda xom ashyoni 2-3 haftadan ko‘p bo‘lmagan, -18 da 3-4 oygacha, -24 da bir yilgacha saqlash mumkin.

Faqat butunligicha emas

Rezavorlarni butunligicha muzlatish shart emas. Ularni bo‘lib, shakar sepib, sirop quyishingiz yoki pyure qilish ham mumkin. 1 kilogramm qulupnay uchun 150 gramm shakar, malina uchun 2 baravar ko‘p kerak bo‘ladi.

Mahsulotlar joylashuvi

Muzlatish tezda hidlarni o‘zlashtiradi, shuning uchun xom ashyoni boshqa aromatik mahsulotlardan — go‘sht yoki baliqdan alohida saqlash kerak. Namlik sifatni buzmasligi uchun idish qopqoqlarining mahkamligini tekshirishni unutmang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qay biri foydaliroq: murabbomi yoki muzlatilgani: rezavor mevalarni muzlatishning 7 ta siri