18:15 / 06.11.2022
2 148

Qarishga qarshi ovqatlanishdagi 7 qoida: yosh ko‘rinishni saqlab qolish uchun nimalar iste’mol qilish kerak?

Qarishga qarshi ovqatlanishdagi 7 qoida: yosh ko‘rinishni saqlab qolish uchun nimalar iste’mol qilish kerak?
Foto: «Elle.ru»
Agar to‘g‘ri ovqatlanishga, mashq qilishga va o‘z vaqtida uxlashga ulgurmagan bo‘lsangiz, unda umidsizlikka tushmang, hammasini boshlash uchun hech qachon kech emas. Qo‘shimcha motivatsiya uchun agar turli xil qo‘shimchalarga boy va qarishga qarshi parhezning oddiy qoidalariga rioya qilsangiz vaqtni orqaga qaytarish mumkin — yoshroq ko‘rinishning imkoni bor. «Elle.ru» nashri «yoshartiradigan» parhez haqida ma’lumot berdi.

Yangi
Ovqatlanish tartibiga yangi sabzavotlar, mevalar, rezavorlar, salat barglari va ko‘katlarni ko‘proq qo‘shing.

Tabiiy
Har qanday shakldagi yarim tayyor mahsulotlarni xarid qilmang. Ular odatda sifatli bo‘lmaydi va shakarni o‘z ichiga oladi. Hamma narsani o‘zingiz tayyorlashga harakat qiling: baliqni tuzlang, qiyma go‘sht va kolbasa, chuchvara, shirinliklar, souslar, pastalar tayyorlang.

Foydali
Ovqatlanish tartibingizda 3 narsani: glyuten, laktoza va tozalangan shakarni kamroq iste’mol qiling. Bir hafta ichida birinchi ijobiy o‘zgarishlarni sezasiz. Biroq bunday holatda parhezni me’yorida saqlash kerak va bir xil ovqatlarni iste’mol qilmagan ma’qul, yangi mahsulotlar va kombinatsiyalarni qo‘shish kerak.

Oddiylik
Qarishga qarshi ovqatlarni uyda oson va oddiy tarzda tayyorlasa bo‘ladi.

Ta’m
Idishlarni turli xil: zira, muskat yong‘og‘i va dolchin shuningdek, yangi ko‘katlar (yalpiz, oregano, rayhon, rozmarin) mazali ta’mga ega ziravorlar bilan to‘ldiring. Bu kombinatsiyalar sizni befarq qoldirmaydi.

Bankalar
Bulonni oldindan qaynatib oling va muzlatib qo‘ying, pashtet tayyorlang, sabzavotlarni pishiring, tovuqni, jigarni marinadlang. Keyin ularni turli xil idishlarga soling. Bu kabi ikki soat sarflangan «aqlli tayyorgarlik» butun oila uchun hafta davomida ovqat pishirishga va ko‘proq bo‘sh vaqt bo‘lishiga imkon beradi.

Foto: «Elle.ru»

Turfa xillik
Parhezingizdagi turli xil ovqatlar, vitamin va mineralli taomlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, u vitamin va minerallarga boy bo‘ladi, sog‘liq uchun foyda shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa, kletchatkalarga e’tibor berish lozim. Haftalik ovqatlanish tartibida kamida 30 turdagi taomlar bo‘lishi kerak. Bunday parhezga ega bo‘lgan insonlar uzoq umr ko‘rishi va infeksiyalarga kamroq moyil bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Parhezingizga loviya, bulg‘or qalampiri, yorma, loviya, no‘xat va yasmiqni kiriting.

Foto: «Elle.ru»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qarishga qarshi ovqatlanishdagi 7 qoida: yosh ko‘rinishni saqlab qolish uchun nimalar iste’mol qilish kerak?