Foto: Marie Claire
Qishda energiya juda zarur bo‘lib, organizm o‘z-o‘zidan uyqusizlik va charchoqni yengishni to‘xtatadi. Marie Claire nashri har doim energiyaga ega bo‘lish uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi.
Ko‘pchilik uchun kuz-qish davrida uyg‘onish tobora qiyinlashib boradi. Energiya organizmni kunduzgi soatlarda ham tark etadi. Ammo organizmga energiyani hech bo‘lmaganda qisman qaytarishi va hatto kunning qolgan qismida kuch bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan bir qator mahsulotlar mavjud.
Qahva
Foto: Marie Claire
Eng yaxshi klassik ichimlik. Qahva uyg‘onish va tetiklikni his qilishga yordam berishini ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Oddiy sutli qahva organizmni kalsiy va D vitamini, shuningdek, energiya beruvchi uglevodlar bilan ta’minlaydi.
Yormalar
Foto: Marie Claire
Vazn ortishidan xavotirda bo‘lganlar nonushta uchun yorma iste’mol qilishi mumkin. Kletchatkaga boy yormalar glyukozaning qonga so‘rilishini sekinlashtiradi, bu esa organizmni kun davomida energiya bilan ta’minlaydi.
Tuxum
Foto: Marie Claire
Tuxum sarig‘i oziq-ovqatni energiyaga aylantirish va suyaklarni mustahkamlovchi D vitamini yetishmasligini qoplash uchun mas’ul bo‘lgan B vitaminiga boy. Bundan tashqari, u oqsillarning boy manbai bo‘lib, bu energiya kamayishida ayniqsa muhimdir.
Yong‘oq va quritilgan mevalar
Foto: Marie Claire
Yong‘oq va quritilgan mevalar sog‘lom yog‘, kletchatka va oqsillarning ajoyib kombinatsiyasidir. Kletchatka glyukoza so‘rilishini sekinlashtirishga yordam beradi, shuning uchun uzoq vaqt davomida yetarli energiyaga ega bo‘lish mumkin. Yong‘oq, urug‘ va mevalarda mavjud bo‘lgan yog‘lar nafaqat uzoq ish kuni, balki yugurish yoki hovuzda suzishda organizmni energiya bilan ta’minlaydi.
Choy
Choy mukammal tarzda organizmni tetiklantiradi va suvsizlanish bilan kurashishga yordam beradi. Qora choymi yoki ko‘k choy, farqi yo‘q, har bir turi kuch va quvvat beradi. Agar mevali choylarni afzal ko‘rsangiz, unda bu yanada yaxshi. Ular nafaqat tetiklantiruvchi, balki qish oylari arafasida organizmni foydali vitaminlar bilan boyitadi. Asal bilan giyohli choylar sog‘liqqa yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Apelsin sharbati
Foto: Marie Claire
Apelsin sharbati C vitamini bilan to‘la bo‘lib, u organizmni energiya bilan boyitadi, apelsin, laym va limon hidi esa miya faoliyatini faol ravishda rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, sitrus mevalar shamollashning oldini oladi.
Olmalar
Foto: Marie Claire
Bu oddiy mevalar kvarsetinga juda boy va bu ko‘proq energiya ishlab chiqarishga yordam beradi. Shuning uchun ratsionga olmalarni kiritish tavsiya etiladi.
Shokolad
Foto: Marie Claire
Shirinliklarni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib yangilik — bitta shokolad bir necha soatlik quvvat beradi. Agar ertalab bir-ikki bo‘lak shokolad iste’mol qilinsa, darhol organizmda endorfin ishlab chiqarila boshlaydi. Bu ertalab juda ham zarur bo‘lgan barcha energiyani beradi. Faqat shakar miqdori minimal bo‘lgan qora shokolad tetiklikni qaytaradi, oq shokoladning energiyaga hech qanday aloqasi yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"