20:27 / 21.12.2022
1 165

Digital detoks: gadjetlarga tobelikdan xalos bo‘lishning 8 usuli

Digital detoks: gadjetlarga tobelikdan xalos bo‘lishning 8 usuli
Foto: Marie Claire
«Ijtimoiy tarmoq va telefonga qaram bo‘lib qolishni to‘xtatish aslida unchalik qiyin emas», — deydi ICF murabbiyi, karera bo‘yicha maslahatchi, Cornerstone ishga qabul qilish agentligining hamkori Viktoriya Filippova. Marie Claire nashri bunga qanday erishish mumkinligini aniqladi.

Bugungi kunda ayollarning kuni qanday o‘tadi? Gadjetlar yordamida uyg‘onadi, yotoqxonadagi so‘nggi daqiqalarda tun davomida messenjer, shaxsiy pochtaga kelgan xabarlar tekshiriladi, muhim xabarlarga javob beriladi. Musiqa ostida yuz yuviladi, televizor qarshisida nonushta qilinadi va bu kabi jarayon uzoq davom etadi. Yo‘lda vaziyatni ko‘rish uchun telefon kerak bo‘ladi, u mashinada navigator vazifasini ham bajaradi, elektron kitoblar o‘qiladi, eslatmalar yoziladi, jadval tuziladi, ishlashga yordam beradi. Hayotni osonlashtiradigan har bir yangi dasturdan foydalaniladi va shu bilan birga, bularning barchasi hayotiy energiyadan mahrum qiladi.

Axborot oqimi butunlay cheksizdir. Gadjetlar bilan o‘ralgan holatda kunlar, haftalar va hatto oylar ham bir zumda o‘tib ketadi. Ishlar kechikadi, maqsadlarga erishib bo‘lmaydi, hech narsaga vaqt yetmaydi. G‘arbda sayyohlikning yangi turi Digital Detox Holidays mashhur bo‘lib bormoqda, bular uyushtirilgan sayohatlar bo‘lib, Wi-Fi zonalari bo‘lmagan mehmonxonalarda qolish, tabiat qo‘yniga sayr qilish va yaqinlar bilan muloqot qilish mumkin. Ammo bunday imkoniyat va vaqt bo‘lmasa, nima qilish kerak? Ijtimoiy tarmoq va telefonga qaramlikni to‘xtatish, ko‘proq vaqtga ega bo‘lish, hayot sifatini o‘zgartirish uchun qanday yo‘l tutish lozim?

Barcha raqamli kanallarni qayta sozlang va filtrlang
Keraksiz sayt, obunalardan xalos bo‘lish lozim, buni amalga oshirish juda ham oson. Yangiliklarni ongli ravishda o‘qish imkonini beradigan kanallarni va ularning aniq sonini qoldirish mumkin. Telefondagi keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash, barcha piktogrammalarni tartibga solish lozim, shunda ma’lumot qidirishga kamroq vaqt sarflanadi.

O‘z-o‘zingizni tartibga keltirish va konsentratsiyani o‘rganing
Hamma narsaga erishishning eng yaxshi usullaridan biri — diqqatni topshirilgan vazifaga qaratish va chalg‘imaslikdir. Shuni yodda tutingki, diqqatni jamlashga erishilganda ham, har qanday tashqi signal (ilovadagi xabar, ijtimoiy tarmoqdagi yangilanish) konsentratsiya holatidan chiqarib yuborishi mumkin, chunki tashqi signallar muhimroq bo‘lib tuyiladi. Ofis xodimlari vaqtni behuda sarflaydigan elektron pochta nima ekanini yaxshi biladi. Negadir ularni har 10 daqiqada tekshirib turish odatga aylanadi.

Natijada kun o‘tadi, lekin topshiriq bajarilmaydi, maqsad amalga oshmaydi. Bunday holda, Pomodoro texnikasi ajoyib ish beradi. Bu shunday deb ataladi, chunki uni ixtiro qilgan italiyalik dasturchi pomidor shaklida oshxona taymerini ishga tushirgan. Barcha e’tiborni rag‘batlantirish, chalg‘ituvchi signallarni o‘chirish va kerakli vaqtga mexanik taymer o‘rnatiladi, bu vaqt davomida hech narsaga chalg‘imasdan, vazifaga e’tibor qaratiladi.

Uxlashdan oldin gadjetlardan foydalanmang
Cheksiz yangiliklarni o‘qish yoki videolarni tomosha qilish tungi uyquga xalaqit beradi.

Xuddi shu narsa ovqatlanish uchun ham amal qiladi
Bu fiziologik jarayonlar elektron vositalarsiz sodir bo‘lsin. Bonus sifatida ozroq ovqatlanayotganingizni sezasiz, chunki uzun postni o‘qib tugatmaguncha me’yordan ortiq ovqat iste’mol qilinadi.

Har doim shaxsiy muloqotni tanlang
Agar telefon yoki skayp orqali va shaxsan maslahat olish mumkin bo‘lsa, jonli muloqot foydasiga tanlov qilish lozim. Barcha qulayliklar va vaqtni tejasa ham elektron vositalar energiya bilan ta’minlay olmaydi va eng muhim maqsadlarga erishishni kechiktiradi. Chunki faqat yuzma-yuz shaxsiy muloqotgina ishonchli aloqa o‘rnatishi va suhbatdoshga ta’sir qilishi mumkin.

Maqsadni aniq muddatga qo‘ying
Bu haqiqatan ham muhim ishlarga ko‘proq vaqt sarflashga yordam beradi. Belgilangan aniq vaqt insonni ko‘proq va yaxshiroq harakat qilishga undaydi. Natijada insonda qo‘shimcha energiya paydo bo‘ladi.

21 kunlik qoida
Ko‘nikma 21 kun ichida amalga oshiriladi. 21 kun davomida telefonsiz hamkasblar bilan tushlikka borish yoki gadjetlarsiz uxlash amalga oshirilsa, bu yaxshi odatga aylanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Digital detoks: gadjetlarga tobelikdan xalos bo‘lishning 8 usuli