07:00 / 23.12.2022
1 151

Qoshlarga tabiiy qalinlikni qanday qaytarish mumkin? 7 ta muhim qoidalar

Qoshlarga tabiiy qalinlikni qanday qaytarish mumkin? 7 ta muhim qoidalar
Foto: «Noviy ochag»
Qosh ham xuddi boshqa tana a’zolari kabi alohida parvarishga muhtoj. Doimgidek, tabiiy va qora qoshlar trendda. Xo‘sh, qoshlarning tabiiy qalinligini tiklash mumkinmi? «Noviy ochag» nashri bu borada oddiy, ammo muhim qoidalar bilan bo‘lishdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qoshlarning tabiiy qalinligini qaytarishning minimal davri 4 oy. Ammo agar ular terilib, o‘ta ingichka holatga kelgan bo‘lsa, tiklanish bir yil yoki undan ham ko‘proq vaqtni olishi mumkin.

Mutaxassisga murojaat qiling

Bu borada hali tajribaga ega bo‘lmaganlar mutaxassisga murojaat qilishi kerak. U yerda qoshlar uchun to‘g‘ri shakl va rangni tanlash mumkin. Qoshlar bo‘yicha mutaxassis mijozga qanday shakldagi qosh mos tutishi va buning uchun qanday muolajalar amalga oshirish mumkinligi bilan tanishtiradi.

Qoshlarni terishni unuting

Eng muhim va qiyin narsa: bir necha oy davomida ularni terish haqida unutish. Vazifa oson emas, chunki ortiqcha qosh tolalarni terib tashlash istagi tinch qo‘ymaydi. Ammo sabr qilishdan boshqa variant yo‘q.

Qoshlarni ichki tomondan oziqlantiring

Soch o‘sishiga yordam beradigan qo‘shimcha va vitaminlar qoshlar uchun ham foydali. Soch o‘sishini rag‘batlantiradigan mahsulotlar, masalan, biotin (suvda eriydigan B vitamini) va viviskal (soch to‘kilishini to‘xtatish va aminokislota-mineral kompleksi)dan foydalanish mumkin.

Qoshlarni tashqi tomondan oziqlantiring

Qoshlarni o‘stirish va qalinlashtirish uchun kosmetik ratsionga maxsus konditsioner yoki moy qo‘shish tavsiya etiladi. Xalqona usullardan kanakunjut, bodom va kungaboqar yog‘i qosh o‘sishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Qoshlarni chiroyli bo‘yashni o‘rganing

Xunuk qoshlar bosqichidan o‘tish kerakligiga tayyor bo‘lish lozim. Agar bu noqulaylik tug‘dirsa, ularni maxsus kosmetika mahsulotlari — qalamlar, ten va gellar yordamida uning holatini yashirishni o‘rganish lozim.

Ehtiyot choralarini ko‘ring

Burun ko‘prigidagi sochlarni o‘stirish qiyin. Ammo ular ko‘p bezovta qiladi. Ularni kosmetika bilan yashirib bo‘lmaydi. Burun ko‘prigida o‘sgan tuklarni olishdan oldin, barmoqni qoshlar orasiga qo‘yib, konturlarni qalam bilan har ikki tomondan belgilash kerak. Barmoqni olib, qalam bilan belgilangan joydan tashqari o‘sgan tuklarni olish mumkin.

Avvalgi xatolarni takrorlamang

Bir necha oy o‘tgach qoshlar yetarlicha o‘sadi va uning shaklini to‘g‘rilash istagi paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda yana avvalgi xatoga yo‘l qo‘yish hech gap emas. Shuning uchun yana bir bora yaxshi mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qoshlarga tabiiy qalinlikni qanday qaytarish mumkin? 7 ta muhim qoidalar