Foto: Marie Claire
Osteopat Vladimir Jivotov baland poshnaga bo‘lgan muhabbat nima uchun xavfli ekanligini tushuntirdi va agar undan voz kechishning imkoni yo‘q bo‘lsa, oyoqlar salomatligini qanday saqlash haqida maslahatlar berib o‘tdi, deb yozadi Marie Claire.
Baland poshnali tufli kiysa, nimalar yuz beradi?
Odatda odam tik turganida, uning organlari va bo‘g‘imlariga yuk bir tekis taqsimlanadi. Ammo poshnada og‘irlik markazi oldinga siljiydi va organizm qandaydir tarzda yukni taqsimlash va muvozanatni saqlash uchun umurtqa, organ va suyaklarning holatini o‘zgartiradi. Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi organ va mushaklar zo‘riqadi, boshqalari esa, aksincha, zaiflashadi. Agar muntazam ravishda baland poshna kiyilsa — ish, sayr, do‘konga, unda bu o‘zgarishlarning barchasi surunkali holatga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, poyabzal shkafga qo‘yilgandan keyin ham mushak, suyak va ichki organlar o‘z joyida qoladi va avvalgi holatiga qaytmaydi.
Nima uchun baland poshna organizm uchun xavfli?
Ushbu surunkali holat salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol baland poshnali poyabzal kiyganda, yuk butun oyoqqa taqsimlanmaydi, faqat uning old qismiga o‘tkaziladi. Bu yassi oyoqlikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, doimiy zo‘riqishdan oyoq terisi qalinlashadi va qadoqlar paydo bo‘ladi. Qolaversa, mushaklarning doimiy zo‘riqishi qon aylanishining buzilishiga va oyoqlarda og‘riqlarga olib keladi, kelajakda bu varikoz tomirlari chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, bunday tuflilar umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq barcha muammolarni yanada kuchaytiradi.
Baland poshnali tuflilarning salbiy ta’sirini qanday kamaytirish mumkin?
Osteopatning ta’kidlashicha, baland poshnali poyabzal bu har kun uchun mo‘ljallanmagan. Albatta, hamma narsa individualdir: ko‘p narsa poyabzal sifatiga, ayolning yoshiga, uning mushak-skelet tizimining holatiga bog‘liq. Ammo umuman olganda, tavsiya quyidagicha: agar poshna 6 santimetrdan yuqori bo‘lsa, kuniga ikki soatdan ko‘p bo‘lmagan holda kiyish mumkin. Muntazam kiyish uchun kichik tovoni bo‘lgan poyabzal juda mos keladi. Oyoq yerdan 2-3 santimetrga ko‘tarilishi kerak: butunlay tekis taglik ham to‘piqlar uchun zararli. Agar obraz poshnali poyabzallarni talab qilsa, dam olish uchun vaqt ajratish lozim, masalan, stolda o‘tirganda oyoq kiyimni yechib qo‘yish mumkin.
Baland poshnada o‘tkazgan kundan keyin oyoqlarga qanday yordam berish kerak?
Uyga qaytganda, birinchi navbatda, oyoq kiyimni yechish kerak. So‘ngra butun oyoqni kuchli musht bilan ishqalash lozim. Massaj gilamchasida yalang oyoq yurish tavsiya etiladi. Issiq oyoq hammomini olish ham foydali. Ushbu kichik, ammo samarali mashqlar to‘plami baland poshnali poyabzaldan charchagan oyoqlarga munosib dam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi