Foto: The Voice Mag
Tashqi ko‘rinishni mukammal tarzda to‘ldiradigan xushbo‘y hidni topish juda qiyin masala. Ammo ba’zida sevimli atirlar ham avvalgi yoqimli kayfiyatni bermaydi. Afsuski, bu ham salomatlikdagi muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Voice Mag.
Ba’zida foydalanib yurilgan atir hidi yoqmay qolishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo uzoq vaqt davomida qo‘llanilgan atirning hidi to‘satdan boshni aylantirishi yoki ko‘ngilni aynitishi bejizga emas. Xushbo‘y hidning yoqmay qolishi salomatlik holati haqida ogohlantirishi mumkin bo‘lgan alomatdir.
Parfyumeriya kompozitsiyalarining tarkibi kamida o‘nlab komponentlarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba’zilari noqulaylik keltirib chiqarishi ajablanarli emas.
Ba’zan shu sababli katta kelishmovchiliklar ham sodir bo‘ladi. Masalan, bir necha yil oldin qizlar moda uyining yangi ishlab chiqarilgan atiridan ommaviy ravishda shikoyat qila boshlagan. Yangi atirdan foydalangan ko‘pchilik ko‘ngil aynishini boshdan kechirgan, hatto noqulaylik yo‘talgacha borgan. Ma’lum bo‘lishicha, buning sababi iris va sumbul gullaridan olingan ekstraktda bo‘lgan. Ko‘pincha bo‘lajak onalar atirlarning hididan shikoyat qiladi. Buning sababi toksikoz bo‘lishi shubhasiz.
Aytgancha, individual xushbo‘y hidlarni yaratadigan mutaxassislar doimo homilador ayollar bilan ishlaydi va bu ularga ko‘ngil aynishi va kasallikning boshqa belgilarini qo‘zg‘atmaydigan mahsulotlarni yaratishga yordam beradi. Qolaversa, homilador ayollar o‘zi uchun ma’qul keladigan ifor yaratish uchun mutaxassislarga murojaat qilishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi