Yevroplika molekular biologlar shuni aniqladilarki, qahva sut bilan iste’mol qilinsa, organizmga ko‘proq foyda keltiradi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sut oqsillari kofe donalaridagi antioksidantlarning ta’sirini kuchaytiradi, deb yozadi Journal of Agricultural and Food Chemistry jurnali.
Kopengagen universiteti olimlari qahva tarkibidagi antioksidantlar organizmga qanday ta’sir qilishini tahlil qilishdi.
Tajribalarda ham sof kislotalar, ham turli aminokislotalar va oqsillar, birikmalardan foydalanilgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, antioksidantlar sistein aminokislota molekulasi bilan birgalikda hujayralarga eng samarali ta’sir qiladi. Shunday qilib, ular yallig‘lanish belgilarini uch baravar kamaytirdi va tug‘ma immunitetga yaxshi ta’sir qiladigan genlarning faolligini oshirdi.
Sisteinga boy oqsillar sut va sut mahsulotlarida mavjud. Olimlar shu tariqa sutli qahva qora qahvaga qaraganda foydaliroq degan xulosaga kelishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi