Turistik yo‘nalishlarda poyezd jadvallari qayta ko‘rib chiqiladi

Turistik manzillarga transport qatnovlarini sayyohlar ehtiyojiga moslashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Amaldagi poyezd jadvallari ayrim hududlarda sayyohlarga sayohat qilish uchun yetarli vaqt qoldirmayotgani qayd etildi.
Masalan, Toshkentdan Chinorkentga yo‘l olgan poyezd manzilga soat 10:30 da yetib boradi. Qaytish ekspressi esa soat 14:20 da jo‘naydi. Natijada Bo‘stonliqqa borgan sayyoh hudud bilan tanishish va uni aylanib chiqish uchun to‘rt soatga yaqin vaqtga ega bo‘ladi.
Toshkent – Shahrisabz yo‘nalishidagi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi esa faqat yakshanba kunlari harakatlanadi. Bu yo‘nalishda ham sayyohlarga Shahrisabzni aylanish uchun taxminan besh soat vaqt qoladi.
Prezident yangi turizm obyektlarini barpo etish bilan birga, ularga borish va qaytish uchun qulay transport imkoniyatlarini ham yaratish zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga bir oy muddatda barcha temir yo‘l qatnovlari va ichki aviareyslar jadvalini tahlil qilish topshirildi. Jadvallar aholi va sayyohlar talabidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi hamda yangilangan holda e’lon qilinishi kerak.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…