Raqobat qo‘mitasi ko‘mir narxlarini tekshiradi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda ko‘mirni qazib olishdan tortib, uni iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayondagi narxlarning asosliligini tekshirmoqchi.
O‘rganish davomida yirik korxonalar ko‘mir narxini asossiz oshirmagani, aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib beruvchi korxonalar esa mahsulot narxiga ortiqcha ustama qo‘shmagani tekshiriladi.
Shu bilan birga, qo‘mita ko‘mir bozoridagi raqobat holatini ham o‘rganadi. Agar tekshiruv jarayonida qoidabuzarliklar aniqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil iyun oyida ko‘mir narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan edi. Shundan keyin aholi uchun ko‘mir narxi ikki baravardan ko‘proqqa oshgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar


























Izohlar0
…