15:48 / 12.02.2023
427

No‘xat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun go‘sht vazifasini bajaradi?

No‘xat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun go‘sht vazifasini bajaradi?
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lmoqchi, organizmni energiya bilan to‘ldirmoqchi, xolesterin va qondagi qand miqdorini kamaytirmoqchimisiz? Bir vaqtlar fasol va loviya iqtisodiy ahvoli nochor odamlar uchun go‘sht deb atalgan. Bu tarif chindan ham to‘g‘ri. Axir dukkaklilar tovuq, mol go‘shti yoki baliqdan uch baravar arzonroq va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan, proteinga boy mahsulotdir. Ammo endi ular sog‘lig‘i haqida qayg‘uradiganlar uchun go‘sht deb atash vaqti keldi. Dukkakli mahsulotlardan tez-tez iste’mol qilish zarurligi haqida quyida havola etiladi.

Bir dona konservalangan loviya qadoqda:
- 218 kaloriya;
- 14,5 g protein;
- 0,7 g yog‘;
- 40 g uglevodlar;
- 1 g shakar;
- 16,6 g klechatka;
- 5 mg temir (28 foiz kunlik me’yor);
- 84 mg magniy (27 foiz);
- 259 mg fosfor (37 foiz);
- 739 mg kaliy (16 foiz);
- 331 mg natriy (22 foiz);
- 1,3 mg rux (16 foiz);
- 0,4 mg tiamin (33 foiz);
- 0,3 mg riboflavin (27 foiz);
- 146 mkg foliy kislotasi (36 foiz) kabi foydali moddalar bor.

Qora fasolning foydali xususiyati nimada?

O‘simlik oqsiliga qo‘shimcha ravishda (darvoqe, o‘simlik oqsili yurak va qon tomirlar uchun hayvon oqsiliga qaraganda ancha foydali), qora fasol va loviya klechatkaga boy, unda yurak salomatligi uchun foydali kaliy, asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan magniy, immunitet tizimining yaxshi ishlashi uchun juda muhim bo‘lgan rux ko‘p miqdorda uchraydi.

Ovqatni yaxshi hazm qiladi

Klechatka ich qotishi va qorinning dam bo‘lishini bartaraf etishga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, ular ovqatni itarib, ichaklarni faolroq ishlashga majbur qiladi. Shu bois ovqatning yaxshi hazm bo‘lishi haqida qayg‘uradiganlar uchun haftada bir yoki ikki porsiya dukkakli mahsulotlardan iste’mol qilishi lozim.

Zararli xolesterin darajasini kamaytiradi

Va yana klechatka: tavsiya etilgan kundalik me’yorga rioya qilib, kuniga 25-30 gramm dukkakli iste’mol qilsangiz, xolesterin organizmga xavf tug‘dirmaydi. Agar allaqachon xolesterin darajasi baland bo‘lsa, dukkaklilarni tez-tez yeyishni boshlang, so‘ng farqqa e’tibor bering!

Suyaklarni himoya qiladi

Fasol, umuman, dukkaklilardagi juda ko‘p magniy organizmda sodir bo‘ladigan 300 dan ortiq reaksiyalar, shu jumladan, metabolizm uchun muhimdir. Shubhasiz, metabolizm, o‘z navbatida, suyaklarning mustahkamligi va qattiqligiga javobgardir.

Qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi

Me’yoriy qon bosimida kaliy zarur modda: ushbu mikroelement qon tomirlar faoliyatini rag‘batlantiradi, ya’ni qon tomirlarda yaxshi harakatga yordam beradi, shu bilan birga qon bosimini normallashtiradi.

Proteinning beminnat manbai

Bir porsiya loviya 15 gramm proteinni o‘z ichiga oladi, bu ayniqsa, vegetarian odamlar yetarli miqdordir. Biroq, go‘sht iste’mol qilsangiz ham, haftada bir yoki ikki kun hayvon oqsilidan tanaffus qilsangiz, sog‘lig‘ingiz uchun foydadan holi emas.

Loviya va fasoldan qancha yeyish kerak?

Qiziqarli kuzatuv: qandli diabet, yurak va qon tomir kasalliklarining eng past ko‘rsatkichlari odamlar dukkakli ekinlarni faol iste’mol qiladigan mamlakatlarda ekani aniqlangan. Sog‘liqqa eng ko‘p foyda keltirishi uchun tavsiya etilgan doza: haftada uch porsiya yoki kuniga yarim chashka loviya, fasol, no‘xat iste’mol qilish kerak.

Qandli diabetga chalinganlar dukkaklilardan yeyishi mumkinmi?

Albatta, so‘nggi so‘zni shifokor aytadi, lekin umuman olganda, dukkaklilar diabet uchun eng foydali ozuqalardan biri hisoblanadi: o‘simlik oqsili va klechatka har qanday ovqatga glyukemik reaksiyani sekinlashtirishga yordam beradi va qonda qand miqdorining keskin ko‘tarilishini kamaytiradi.

Qaysi dukkaklilar foydali: konservalangan yoki quritilgan?

Foydali vitamin va elementlarning ozuqaviy qiymati va tarkibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, sezilarli farq yo‘q. Ammo konservalangan loviya va fasol ko‘pincha shakar yoki tuz bilan to‘yingan bo‘ladi, shuning uchun siz qadoqdagi yorliqni diqqat bilan o‘rganishingiz va ushbu qo‘shimchalarning tarkibi minimal bo‘lgan mahsulotlarni tanlashingiz kerak. Agar sizda multivarka yoki pishirishga ko‘proq vaqt sarflashning imkoni bo‘lsa, albatta, quritilgan loviyalarga ustunlik bergan afzal.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » No‘xat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun go‘sht vazifasini bajaradi?