Ba’zida vazn yo‘qotish uchun faqatgina likoplarni almashtirish va televizorni o‘chirib qo‘yish kifoya qiladi! Vazn sezilmasdan ortib bormoqda: chalg‘itish uchun pechene yoki chipslar yeyishda davom etamiz. Hatto, o‘z uyimizda ham “jozibali” dushman yashirinishi mumkin: biz har kuni ko‘radigan tanish narsalarimiz vazn yo‘qotishga bo‘lgan urinishlarimizga putur yetkazishi, bizni ehtiyojdan ortiq yeyishga majbur qilishi mumkin.
Hajmi katta likoplar
Aksariyat hollarda keragidan ortiq ovqatlanamiz — ovqatlanish tartibi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar buni isbotlagan. Odatda, to‘yinganlik signallari sekin yetib keladi va organizm yetarli miqdorda oziq-ovqatga to‘yingandan keyin ham uch-to‘rt qoshiq ovqat yeyishga fursat bo‘ladi. Diametri uch santimetr kichikroq bo‘lgan likoplarni sotib oling: bu sizni kunlik qismlarni kamaytirishga majbur qiladi va qanday qilib vazn yo‘qotayotganingizni o‘zingiz sezmaysiz. Parhez yoki biror xil ochliksiz.
Juda katta stakanlar
Agar shirin ichimliklar yoki sharbatlarni rad qila olmasangiz, ularni baland, ensiz stakanlarda iching — ular vizual ravishda kattaroq ko‘rinadi, hajmi kichik bo‘lgani uchun zararli suyuqlik kamroq sig‘adi. Ammo suv va sut uchun, aksincha, past va katta stakan tanlang – qancha ko‘p suv ichsangiz, o‘zingizga yaxshi.
Televizor
Shubhasiz, oshxona televizor qulay joy. Serial yoki ma’ruza pishirish sukunatidan ko‘ra ancha qiziqroq. Ammo tushlik yoki kechki ovqat va, asosiysi, nonushta vaqtida uni o‘chirib qo‘yishni maslahat beramiz: ovqatlanayotganda qanchalik diqqatli va fikrimiz bir joyda bo‘lsa, to‘yish signalini shunchalik tez “tutib olamiz”.
Yotoqxonadagi pardalar
Yotoqxonadagi pardalar qanchalik yengil bo‘lsa, uxlash shunchalik og‘ir bo‘ladi: yaxshi tungi uyqu uchun to‘liq qorong‘ilik kerak. Va qanchalik kam va yomon uxlayotgan bo‘lsak, ertasi kuni o‘zimiz bilmagan holda vasvasalarga berilib, yuqori kaloriyali va shirinliklar sotib olamiz, iste’mol qilamiz, natijada ortiqcha ovqatlanamiz. Pardalarni almashtirishni xohlamasangiz, faqat qattiq uyqu vaqtida ko‘zlar uchun yopinchiq yostiqchalardan sotib oling.
Noutbuk va smartfonlar
O‘z-o‘zidan, ijtimoiy tarmoqlarga “yopishib qolish sindromi” bora-bora kilogramm ortishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, tarmoqlardagi oziq-ovqatlarning ishtaha ochar fotosuratlari ham ortiqcha ovqatlanishni rag‘batlantiradi. Kechasi smartfon yoki noutbukdan foydalanish odati uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi va bu, o‘z navbatida, semirishga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi