11:10 / 02.04.2023
258

Kollagen ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kollagen ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Foto: The Voice 

Kollagen nima? Bu biriktiruvchi to‘qimalarning bir qismi bo‘lgan oqsil, organizmda u terining elastikligi va mustahkamligi uchun javobgardir. Odatda aksariyat mahsulotlarning tarkibida kollagenni o‘qib, xarid qilishadi, biroq bu qanchalik ta’sir ko‘rsatadi? The Voice nashri kollagen ichish inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi.

Tibbiyot fanlari doktori, terapevt Zion Ko Lammning aytishicha, unga ko‘pincha kollagen miqdorini qanday oshirish va kollagen qo‘shimchalari ta’sir qiladimi, degan savol bilan murojaat qilishadi. Uning fikriga ko‘ra, kollagen ichishni o‘ylayotgan har bir inson bir nechta oddiy haqiqatni bilishi kerak.

Nima sababdan ko‘plab insonlar kollagen ichishni ma’qul ko‘radi?

Kollagen inson tanasida eng ko‘p bo‘lgan protein bo‘lib, suyaklar, mushaklar, teri va tendonlarda mavjud. Aslida, bu modda tanani birga ushlab turadi. Shuningdek, kollagen terining elastikligi va mustahkamligi uchun javobgar hisoblanadi va qarish belgilari — mayda ajinlar, mimika chiziqlari va boshqa teri bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligiga yordam beradi.

Muammo shundaki, vaqt o‘tishi bilan kollagenni yo‘qotamiz — uning ishlab chiqarilishi kamayadi. Ushbu tabiiy jarayonga qo‘shimcha ravishda, kollagenni yo‘q qilishga olib keladigan omillar mavjud. Ularning eng yomoni chekish, quyosh nuri va noto‘g‘ri ovqatlanish. Biroq Zion tushuntirganidek, sog‘lom teri va bo‘g‘imlar uchun kollagen yetarlicha bo‘lishi kerakligini unutmaslik kerak.

Qo‘shimchalar o‘rniga: qanday mahsulotlar kollagenni o‘z ichiga oladi?

Kollagen uning tarkibidagi aminokislotalar sintezi uchun vitaminlar va minerallar kerak, ya’ni vitamin C, sink va mis yetarli darajada bo‘lishi kerak. Bularning barchasini parhezingizga quyidagi oziq-ovqatlar mahsulotlarini kiritish orqali olishingiz mumkin:

Suyakdan tayyorlangan sho‘rva. Bu aslida kollagenni o‘z ichiga olgan bir nechta mahsulotlardan biri hisoblanadi. Suyakli sho‘rvani o‘zingiz tayyorlaganingiz ma’qul.

Tovuq va kurka. Suyakdagi mavjud bo‘lgan hamma narsani iste’mol qiling, hech narsani e’tiborsiz qoldirmang, shunda siz maksimal darajadagi kollagenni olasiz.

Baliq. Biz “butun” haqida gapiramiz — suyaklar, ko‘zlar, teridan foydalanish kerak. Bunga qanday erishish mumkin? Retsept oddiy — ularni pishirib iste’mol qiling!

Tuxumning oqi. Bu mahsulot organizm tomonidan kollagen ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi prolin, aminokislotalarni o‘z ichiga oladi.

Loviya. Vegetarianlar va veganlar uchun bu dukkakli mahsulot muhim aminokislotalar va mis olishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Sitrus mevalar. Ushbu turdagi mevalarni iste’mol qilish orqali kollagen biosintezida ishtirok etadigan C vitamini olasiz.

To‘q rangli ko‘katlar. Bu mahsulotlar kollagen parchalanishini oldini olishga yordam beradigan xlorofill va antioksidantlarga boy.

Ushbu mahsulotlardan maksimal darajada foydalanish uchun shakar va oddiy uglevodlarni iste’mol qiling, yuqori glisemik ovqatlar kollagenni parchalaydigan yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.

Kollagen qo‘shimchalarining foydasi bormi?

“Men ko‘rgan tadqiqotlar samarali ko‘rinadi, ammo aniq xulosa chiqarish uchun ko‘proq ma’lumotlar kerak. Biroq siz sog‘lom turmush tarzini olib boradigan bo‘lsangiz, ular zarar qilmaydi”, — deydi Zion Ko Lamm.

Shuningdek, u narx masalasiga ham alohida e’tibor qaratish kerakligini maslahat beradi, sifatli kollagen qo‘shimchalari qimmatga tushadi. Xarajat qilib yashashingiz kerak: Zionning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot yaratishga ilmiy yondashuvi bilan mashhur bo‘lgan taniqli brenddan kollagen sotib olishingiz kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kollagen ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?