Ish kunidan so‘ng yoki hafta oxirida charchoqni his qilish odatiy holdir. Ammo agar doimo va uzoq vaqt davomida o‘zingizni charchaganday his qilsangiz, vaziyatni o‘nglash vaqti keldi.
Sifatli ovqatlanish tamoyillariga amal qiling
To‘liq va sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish sog‘liqning asosidir. Taomnomangizni diqqat bilan kuzatib borish muhimdir — u oqsillar, yog‘ va uglevodlarning muvozanatli tarkibini, shuningdek, vitaminlar va mikroelementlarning barcha guruhlarini o‘z ichiga olishi kerak. To‘g‘ri ovqatlanish bilan ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi va quvvatingiz oshadi.
To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha asosiy tavsiyalar:
- Kuniga kamida 400 gramm yangi meva va sabzavotlarni iste’mol qiling;
- Qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan taomni tanlang;
- Haftada kamida 2 marta baliq iste’mol qiling;
- Energetik ichimliklar, alkogol va fastfudlarni cheklang;
- Shakar o‘rniga asal, yog‘li go‘sht o‘rniga tovuq yoki kurka kabi sog‘lom muqobillarni tanlang.
Ovqatlanish tartibini o‘rnating
Doimiy charchoqdan xalos bo‘lish uchun diyetaga rioya qilish juda muhimdir. Ehtimol, ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yuborganingiz uchun o‘zingizni haddan tashqari dangasa his qilyapsiz. Kuniga uch marta ovqatlanish inson organizmini energiya bilan to‘ldiradi va kun davomida ochlikni his qilmaslikka yordam beradi.
Kuchni tiklash uchun kuniga kamida uch marta ovqatlanishni boshlash kerak. Kundalik tartibingizni qayta tashkil qiling. To‘liq nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun vaqt ajrating. Shu tariqa metabolizm yaxshilanadi va energiya to‘lqinini his qilasiz.
Vitamin va minerallar yetishmasligini oldini oling
Magniy, D vitamini, temir va B vitaminlari yetishmasligi charchoqqa sabab bo‘ladi. Barcha foydali moddalar organizmga yetarli miqdorda kirishi kerak. Masalan, magniy tanamizdagi 300 dan ortiq jarayonlarda ishtirok etadi. Uning yetishmasligi tufayli butun organizm aziyat chekadi: metabolizm, asab, yurak-qon tomir tizimlari va boshqalar.
Magniy yetishmasligini to‘ldirish uchun:
- Bug‘doy kepagi;
- Ovsyanka;
- Kakao;
- Qora shokolad;
- Grechka;
- Guruch;
- Keshyu;
- Bodom iste’mol qiling.
Temir darajasini oshirish uchun:
- Jigar;
- Tuxum sarig‘i;
- Quritilgan mevalar va sabzavotlar iste’molini ko‘paytirish kerak.
D vitaminini ko‘paytirish uchun:
- Baliq;
- Baliq ikrasi;
- Dengiz mahsulotlari;
- Qo‘ziqorinlar;
- Sariyog‘;
- Sut mahsulotlarini ratsionga kiritish lozim.
Agar sizda B vitaminlari yetishmasa:
- Yong‘oq;
- Funduk;
- Ismaloq;
- Kartoshka;
- Sabzi;
- Gulkaram;
- Qulupnay;
- Gilos;
- Apelsin;
- Limon yordamga keladi.
Tabiiy energiya manbalarini iste’mol qiling
Banan
Quvvatni oson va tez oshiradigan asosiy mahsulot banandir. Oziq moddalarning yuqori miqdori tufayli bu meva uzoq vaqt davomida to‘yingan va haqiqiy energiya manbai hisoblanadi.
Tuxum
Shuningdek, ular charchoqdan xalos bo‘lishga yordam beradi — miya faoliyatini oshiradi va metabolizmni oshiradi.
Yong‘oq
Yong‘oq ham miya faoliyatini yaxshilaydi va ko‘p miqdorda energiya qiymatiga ega.
Sitrus
Muntazam ravishda sitrus mevalari — apelsin, mandarin, limonni iste’mol qilishni unutmang. Ushbu mahsulotlar yordamida aqliy va fiziologik jarayonlar faollashadi va biz yana samarali ishlay boshlaymiz.
Suv
Albatta, iloji boricha ko‘proq suv ichishni unutmang. Bu organizmni kislorod bilan to‘ydiradi va charchoqning sabablaridan biri bo‘lgan suvsizlanishning oldini oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring