18:15 / 16.04.2023
284

Teridagi pigment dog‘lardan qanday tez va samarali xalos bo‘lish mumkin?

Teridagi pigment dog‘lardan qanday tez va samarali xalos bo‘lish mumkin?

Pigment dog‘lar tashqi ko‘rinishga ta’sir qiladigan noxush muammo. Ularning yuz va tana terisida paydo bo‘lishi ba’zan organizmdagi jiddiy nosozliklarni ko‘rsatadi. Ammo ko‘pincha bu sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydigan estetik nuqsondir. Pigment dog‘lardan salonda yoki uy sharoitida turli usullar bilan xalos bo‘lish mumkin.

Organizm vaqt o‘tishi bilan charchaydi, toksinlar buyrak, jigar, o‘pka va ichaklar tomonidan to‘liq chiqarib yuborilmaydi. Detoksifikatsiya funksiyalari teri tomonidan amalga oshiriladi va qator omillar ta’sirida giperpigmentatsiya paydo bo‘ladi.

Pigmentatsiya turli yoshda har xil sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi:

  • Genetik moyillik;
  • Homiladorlik davrida gormonal nomutanosiblik, gormonal kontratseptiv vositalardan uzoq muddat foydalanish, menopauza;
  • Quyosh nurlarining ta’sirida uzoq vaqt qolish, qorayish;
  • PP va C vitaminlari yetishmasligidan kelib chiqadigan avitaminoz;
  • Jigar kasalliklari;
  • Oshqozon-ichak traktining patologiyalari;
  • Endokrin kasalliklar;
  • Sifati past bo‘lgan kosmetika mahsulotlaridan foydalanish;
  • Piling paytida terining mexanik shikastlanishi;
  • Antibiotiklarni qabul qilish.

Agar doimiy natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, ularning paydo bo‘lish sabablarini bartaraf etishingiz kerak.

Pigment dog‘lardan qanday qutilish mumkin?

Pigment dog‘lari paydo bo‘lishiga olib kelgan sababga qarab pigmentatsiya bilan kurashish usullarini tanlash kerak.

Biror yordamchi usulni tanlashdan oldin shifokorga tashrif buyurib, ular nima uchun paydo bo‘lganini va ular qanchalik xavfsiz ekanini aniqlab olishingiz zarur. Asosiy kasallikni davolashingiz yoki qo‘shimcha vitaminlar qabul qilishingiz olishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

Farmatsevtik preparatlar pigmentatsiyani sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi:

  • Teriga yorqinlik beruvchi kremlar;
  • Oqartiruvchi mazlar;
  • Vodorod periks eritmasi.

Ularni qo‘llash kamida 2-4 hafta davom ettirish lozim, yo‘qsa pigmentatsiya qaytadan yangilanishi ehtimoli yuqori.

Shuningdek, kosmetolog muolajalari yordamida pigmentatsiyadan samarali va tez xalos bo‘lish mumkin:

  • Fototerapiya — lazer bilan qayta tiklash;
  • Ultratovush yordamida piling;
  • Mevali kislotalar bilan kimyoviy piling;
  • Krioaplikatsiya — suyuq azot bilan yoqish;
  • Dermabraziya — terini maxsus cho‘tka bilan tozalash;
  • Mezoterapiya — C vitamini bilan kokteyllar terini holatini yaxshilash uchun ishlatiladi.

Kerakli muolaja va ularning soni mutaxassis tomonidan terini tekshirish natijalariga ko‘ra va qarshi ko‘rsatmalarni inobatga olgan holda tanlanadi. Bunday muolajalarning natijasi sezilarli va ancha barqarordir. Bu pigment dog‘lardan xalos bo‘lishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Uy sharoitida yuzdagi pigment dog‘lardan xalos bo‘lish

Natijani saqlab qolish, terini oqartirish uchun xalqona retseptlar — nastoyka, losyon, niqob va kompresslardan foydalanish mumkin.

Teriga jilo beradi

  • Meva, rezavorlar va sabzavotlarning sharbatlari va mag‘zidan qilingan niqoblar — limon, o‘rik, greyfurt, olma, kivi, tarvuz, qovun, qalampir, bodring, piyoz, xren, kartoshka, qizil va qora smorodina, asal, xamirturush, sut, qaymoq, kepak bilan birgalikda aralashtiriladi.
  • Kastor yog‘i. Effekt kuzatilmaguncha har kuni kechasi pigmentatsiya joylariga surtish tavsiya etiladi.
  • Fermentlangan sut mahsulotlaridan niqoblar — smetana, yogurt, tvorog. 20-30 daqiqa davomida o‘zi qo‘llanilishi yoki 1: 1 nisbatda limon sharbati, to‘g‘ralgan petrushka bilan aralashtirilishi mumkin. Bu niqobni haftada 3-4 marta qo‘llash tavsiya etiladi.
  • Vodorod periks va ammiak (har biri 10 tomchi) bilan tvorog (1 osh qoshiq) niqobi. Haftada 3-4 marta surtish lozim.
  • Oq va ko‘k glina niqoblar. Bu mahsulotni dorixonada yoki kosmetika do‘konlarida sotib olishingiz mumkin. Kukunni iliq suv bilan xamirga o‘xshash quyuqlikka kelguncha aralashtirish, haftasiga 2-3 marta tozalangan teriga surtish kerak. Ushbu niqob faqat yog‘li yoki aralash yuz terisiga tavsiya etiladi.
  • Badyaga va vodorod periks niqobi. Bir qoshiq badyaga kukuni, 10 tomchi 3 foizli vodorod periksni iliq suv bilan xamirga o‘xshash quyuqlik hosil bo‘lguncha aralashtirib, haftasiga 2 marta 20 daqiqa davomida ortiqcha pigmentatsiya joylariga surtiladi. Quruq teri uchun 1 choy qoshiq zaytun moyi qo‘shilishi tavsiya etiladi.
  • Terini 1:10 nisbatda suv bilan suyultirilgan limon sharbati yoki limonli muz kublari bilan artib olish;
  • Asal va limondan kompresslar. Har bir komponentdan 2 choy qoshiq aralashtiriladi va haftasiga 2-3 marta muammoli joylarga qo‘llaniladi.

Pigmentatsiyaning asta-sekin yo‘qolishi kamida 2-3 hafta davomida xalqona usullardan muntazam foydalanish bilan namoyon bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Teridagi pigment dog‘lardan qanday tez va samarali xalos bo‘lish mumkin?