
CAVOL:
Tirnoqni faqat juma kuni olish kerakmi?
JAVOB:
Tirnoqni haftaning barcha kunlarida olish mumkin. Aynan juma kuni olish borasida birorta sahih hadis bizga ma’lum emas. Lekin sahobalardan Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu odatda har juma kuni tirnoqlarini olib, mo‘ylovlarini qisqartirganlarini Imom Bayhaqiy rivoyat qilganlar. Shuning uchun ayrim fuqaholarimiz o‘sha kuni juma namozi uchun poklanib chiqish maqsadida tirnoq olsa yaxshi, deyishgan. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar