12:24 / 24.05.2023
393

Jigar uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari

Jigar uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari

Jigar organizmdagi eng muhim organlardan biridir. U organizmga tushadigan toksik moddalarni zararsizlantiradi, qonni filtrlaydi, undan har qanday hosilalarni chiqarib yuboradi. Jigar ko‘p yillar davomida beminnat xizmat qilishi uchun uni yaxshi parvarish qilish kerak. Jigar uchun nimalar foydali ekanini bilib olish zarar qilmaydi.

Qaysi oziq-ovqatlar jigar uchun foydali?

Og‘irligi yurakdan ham og‘irroq bo‘lgan bu a’zo muntazam noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida kuchsizlanib boradi. Jigar faoliyatini yaxshilash uchun nima yeyish kerak?

Jigar kasalliklari bo‘lgan parhez uchun na’matak, romashka va yalpiz qaynatmalari, ayniqsa, foydalidir. Jigarni tozalash uchun qator dori-darmonlarni ichishdan ehtiyot bo‘ling, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Dorini faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilgan ma’qul. Asosiysi, to‘g‘ri ovqatlanish. Yog‘li, achchiq va kuchli ovqatlardan voz keching! Shundan keyin ikki yoki uch hafta o‘tgach, jigar normal holatga qaytishi kerak.

Yana nimalar yordam bera oladi:

  • qovoqning barcha turi, qovoq urug‘lari;
  • lavlagi — sho‘rvalarga, salatlarga qo‘shing;
  • sabzavotli sho‘rvalar, go‘shtli bulyon, sho‘rvaga yangi karam o‘zgacha ta’m beradi;
  • yog‘siz go‘sht (buzoq go‘shti, kurka, tovuq filesi) qaynatilgan, yog‘siz pishirilgan, bug‘da pishirilgan kotletlar;
  • bug‘langan yoki qaynatilgan kam yog‘li baliq (treska, sudak, sazan, navaga);
  • yog‘ miqdori 2 foizdan kam bo‘lgan tvorog (kuniga 100-200 g), shuningdek, yogurt, kefir, tan;
  • donli ekinlar: grechka, ovsyanka va boshqalar;
  • o‘simlik moylari, ayniqsa, sovuq holda presslangan zaytun yog‘i;
  • kissellar;
  • bug‘doy noni, yaxshisi quritilgani;
  • na’matak va romashka qaynatmalari.

Jigar uchun foydali bo‘lgan xalqona retseptlar

Eslatma uchun saqlab qo‘yishingiz mumkin:

  • bir nechta lavlagini tozalang, ikki soat davomida sabzavotlar bir xil massaga aylanguncha qaynating, tayyor bulyonni 2 hafta davomida, kuniga bir necha marta stakanning to‘rtdan uch qismi miqdorida iching;
  • barra sabzavotlardan tayyorlangan ichimlik jigarga yaxshi ta’sir qiladi — sabzi (200g), petrushka (50g), selderey (150g), ularni har kuni ertalab och qoringa bir oy davomida ichish kerak.

Jigarga yoshlikdanoq g‘amxo‘rlik qilgan ma’qul, chunki uzoq va sifatli umr ko‘rish uning qanday ishlashiga ham bog‘liq.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jigar uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari