11:23 / 31.05.2023
247

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun nonushtada iste’mol qilish kerak bo‘lgan mevalar

Foto: The Voice

Mevalar tabiiy shakarning eng yaxshi manbayi hisoblanadi. Ular vitamin va antioksidantlarga boy. Ba’zi mevalar metabolizmni boshqalariga qaraganda tezroq yaxshilaydi, shuning uchun vazn yo‘qotish istagida bo‘lgan insonlar ularni nonushtada iste’mol qilishi kerak.

Ayrim mevalarni mashg‘ulotdan so‘ng kuchni tiklash uchun iste’mol qilgan ma’qul. Boshqa mevalarni to‘q saqlashi, biroq vazn orttirishga yo‘l qo‘ymasligi uchun uyquga yotishdan oldin, qisqa vaqt ichida iste’mol qilish tavsiya etiladi

Ba’zi mevalarni ertalab iste’mol qilgan ma’qul, chunki ular organizmdagi metabolik jarayonlarni tezlashtiradi. Ushbu uchta meva nonushtaga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, quyida keltiriladigan mevalar turli xil mikroelementlarga boy, ular esa ertalab organizm uchun zarur.

Banan

Bitta banan taxminan 3 gramm kletchatkani o‘z ichiga oladi, bu miqdor esa kunlik mikroelement iste’molining taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Kletchatkaga boy parhez vazn yo‘qotishni tezlashtirish va oshqozon-ichak trakti mikrobiomini yaxshilashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Foto: The Voice

Greypfrut

Minimal kaloriya va maksimal A, C vitaminlari greypfrutning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Bundan tashqari, boshqa mevalardan farqli o‘laroq, greypfrut juda past glisemik indeksga ega. Shu sababli, u qondagi shakar miqdorida keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydi.

Foto: The Voice

Qovun

Qovun ko‘p miqdorda kletchatka va suvni o‘z ichiga oladi, shu sababli u tez va uzoq vaqt davomida organizmning tabiiy tozalanishiga hissa qo‘shadi. 100 gramm qovun 34 kkaldan iborat. Qovunning yagona salbiy tomoni shundaki, uni faqat yoz oylarida nonushtaga iste’mol qilish mumkin.

Foto: The Voice

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun nonushtada iste’mol qilish kerak bo‘lgan mevalar