Foto: Wday
Zig‘ir urug‘i go‘zallik va salomatlikni saqlash uchun universal xavfsiz vositadir. Foydali zig‘ir urug‘i unidan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha quyida bilib olasiz.
Zig‘ir urug‘ining qanday foyda va zarari bor?
Zig‘ir urug‘i uni tarkibida 30 fozigacha kletchatka mavjud. Bu sog‘lom va murakkab kletchatka manbaidir. Ular ichaklarni tabiiy tozalashga hissa qo‘shadi, ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini normallashtiradi.
Yuqori protein miqdori (100 g mahsulot uchun kunlik qiymatning 30 foizi) hujayralarning tez yangilanishiga yordam beradi. U mushaklar, sochlar, terining holatiga va organizmning umumiy jozibasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Muntazam o‘rtacha foydalanish bilan zig‘ir urug‘i uni turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi:
- Alsgeymer kasalligi;
- Qandli diabet;
- Jigar kasalliklari;
- Ayollar va erkaklarning reproduktiv organlari.
Zig‘ir urug‘i unidan agar individual intoleranslik bo‘lmasa, me’yor bilan foydalanilganda zarar yetkazmaydi.
Zig‘ir urug‘i unini qanday ishlatish kerak?
Taom tayyorlashda unning umumiy miqdorining 1/3 qismini zig‘ir urug‘i uni bilan almashtiring. Agar bu retseptga zid bo‘lmasa, unga bir oz ovsyanka uni yoki quruq kepak qo‘shish foydalidir.
Foto: Wday
Agar siz kamdan-kam pishiriq tayyorlasangiz va ushbu foydalanish usuli mos kelmasa, boshqa variantlar mavjud:
- Zig‘ir kiseli tayyorlang: 3 osh qoshiq unni bir litr suv bilan aralashtirib, qaynatib oling. Suvga ta’mga ko‘ra maydalangan rezavorlar, sitrus mevalari yoki murabbo qo‘shing. Bir necha daqiqa qizdiring, aralashtiring, keyin olovdan chetga oling. Xona haroratida kun davomida kichik qismlarda ichish tavsiya etiladi;
- Yo‘g‘on ichakni tozalash uchun zig‘ir urug‘i uni fermentlangan sutli ichimliklar bilan mos keladi. Dastlabki haftada bir choy qoshiq unni 100 ml kefir bilan aralashtiring, nonushta o‘rniga ushbu kompozitsiyani ichish tavsiya etiladi. Kefirni bir qoshiq smetana bilan almashtirish mumkin. Siz 21 kun davomida zig‘ir urug‘i unini shu tarzda qabul qilingiz, har hafta bir qoshiq zig‘ir urug‘i unini ko‘paytiring. Shunday qilib uchinchi haftada siz 3 choy qoshiqni qabul qilasiz.
Kurs oxirida ma’lum muddat tanaffus qilishni unutmang. Ovqat hazm qilish organlarining samarali ishlashi uchun 1,5-2 litr toza gazsiz suv ichish kerak.
Yuz uchun zig‘ir urug‘i uni
Zig‘ir urug‘i uni kosmetologiyada ham qo‘llaniladi. Un asosida samarali niqoblar tayyorlanadi.
Eng oson yo‘li unni suv bilan teng nisbatda aralashtirishib, 30 daqiqaga qoldiring, keyin toza teriga surting. Yarim soatdan keyin yuving, buni har hafta takrorlang.
Yog‘li teri uchun zig‘ir unini kam yog‘li kefir bilan teng nisbatda aralashtirish mumkin. Yarim soatga qoldiring va 30 daqiqadan so‘ng surting.
Foydali zig‘ir urug‘i uni go‘zallik va salomatlikni saqlashning hamyonbop usuli hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi