12:45 / 27.06.2023
195

Ratsioningizga 6 xil oziq-ovqat qo‘shish bilan tez orada ko‘zgudagi aksingizni tanimay qolasiz

Ratsioningizga 6 xil oziq-ovqat qo‘shish bilan tez orada ko‘zgudagi aksingizni tanimay qolasiz
Foto: Wday
Diyetolog Harley-Streyet Riannon Lambert sizning kundalik ratsioningizga ichak sog‘lig‘ini yaxshilash, organizmni yoshartirish va vazn yo‘qotishni tezlashtirishga yordam beradigan 6 xil oziq-ovqat mahsulotini sanab o‘tdi. Wday nashri o‘sha “sehrli” mahsulotlar qaysi ekanini bir joyga jamladi.
 
Nozik bo‘lish uchun parhezning o‘zi yetarli emas, siz organizmni sog‘lom saqlashingiz kerak. Sog‘lom ichak mukammal ovqat hazm qilish, normal tana holati, go‘zal teri va serjilo sochlarning kalitidir. Quyidagi 6 xil oddiy oziq-ovqat organizmni osongina tozalash va yoshartirishga yordam beradi.
 
Kefir
Bu ichimlik sutdan ancha foydali! Kefir — bu prebiotiklar va foydali bakteriyalarni o‘z ichiga olgan eng xaridorgir mahsulot. Kefir sigir yoki echki sutidan tayyorlanadi va fermentatsiya signari oshqozon-ichak traktida zararli jarayonlarning paydo bo‘lishini oldini oladi. Nonushta qilish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, bir stakan kefir nafaqat ochlikni bostiradi, balki metobolizm boshlanishi uchun hissa qo‘shadi.
 
Yogurt
Yogurtning asosiy afzalliklaridan biri suyak salomatligini yaxshilashdir. Lekin har doim yogurtdagi yorliqni diqqat bilan o‘qing, chunki ba’zi ishlab chiqaruvchilar tirik bakteriyalari bo‘lmagan va shakari ko‘p mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
 
Soya loviyalari
Bu taom Yaponiyada juda mashhur: fermentlangan soya loviyasidan tayyorlangan bo‘lib, u yopishqoq tuzilishga ega. Proteinga boy soya yaponiyaliklar orasida eng mashhur nonushta taomlaridan biri hisoblanadi.
 
Yaponlar ko‘p yillar davomida bu taomni o‘rganib chiqdi va soya loviyasini muntazam iste’mol qilish bilan to‘qimalarning mineral zichligi oshadi va organizm tezroq tozalanadi, degan xulosaga keldi.
 
Miso sho‘rvasi
Bizga yapon oshxonasidan kelgan yana bir taom. Bu sho‘rvani nafaqat tushlik, balki nonushta va kechki ovqat uchun ham iste’mol qilish mumkin. An’anaga ko‘ra, miso soya, guruch, arpa, bug‘doy va koji qo‘ziqorinlar — ko‘plab foydali moddalarni o‘z ichiga olgan qo‘ziqorinning maxsus turini achitish orqali tayyorlangan xamirdan tayyorlanadi.
 
Bu sho‘rva oqsil va klechatka manbai bo‘lib, u minerallar va vitaminlarga ham boy sanaladi.
 
Tuzlangan karam
Tuzlangan karam nafaqat mazali salat, balki prebiotiklardan tashqari klechatkaga, temirga, C, B va K vitaminlariga boy mahsulotdir. Vaqt ajratib tuzlangan karamni o‘zingiz tayyorlagan ma’qul.
 
Kimchi
Koreys oshxonasining achchiq sabzavotlar, ayniqsa, karamdan iborat bo‘lgan mashhur salati. Kimchi tarkibida ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali bo‘lgan sut kislotasi bakteriyalari mavjud. Bu salat K, B2 vitaminlari va temirning yuqori miqdoriga boy bo‘lgani uchun nihoyatda foydalidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ratsioningizga 6 xil oziq-ovqat qo‘shish bilan tez orada ko‘zgudagi aksingizni tanimay qolasiz