18:44 / 05.09.2023
429

Qovoq urug‘ining inson salomatligi uchun 5 ta foydali xususiyati

Qovoq urug‘ining inson salomatligi uchun 5 ta foydali xususiyati

Foto: Marie Claire

Kuz mavsumida pishib yetiladigan poliz ekini — qovoqning salomatlikka ijobiy ta’sir qilishi hech kimga sir emas. Uning urug‘i esa o‘zidan ham foydali ekanini hamma ham bilavermaydi.

Terini go‘zallashtiradi

Qovoq urug‘i teri hujayralari uchun muhim bo‘lgan omega-3 va yarimto‘yingan yog‘ kislotalarining koni sanaladi. Shuningdek, teri regeneratsiyasi uchun ahamiyatli bo‘lgan E vitaminini ham o‘z ichiga oladi.

Yurak uchun foydali

Qovoq urug‘ida yurak-qon tomir tizimi faoliyati uchun foydali bo‘lgan magniy va kaliy bisyor bo‘ladi. Ushbu mahsulot, qon tomirlarda spazm paydo bo‘lishi va yurak yetishmovchiligining oldini oladi. Qon bosimini yaxshilab, tomir devorlarini tozalaydi, xolesterinli qatlam hosil bo‘lishining oldini oladi.

Kayfiyatni ko‘taradi, uyquni yaxshilaydi

Qovoq urug‘i triptofanning manbai ekani hisobiga eng yaxshi antidepressantlardan biri sanaladi. Ushbu aminokislota organizmda kayfiyatni ko‘taruvchi “baxt gormoni” — serotoninga aylanadi. Triptofanning yana bir boshqa foydali xususiyati ham bor: u kechasi uyquni me’yorlashtirib, asab tizimini tinchlantiradigan — melatonin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.

Immunitetni, tirnoq va sochlarni mustahkamlaydi

Ushbu mahsulot viruslar bilan kurashib, immunitetni yaxshilaydigan rux moddasining koni sanaladi. Bundan tashqari, ushbu modda A va E vitaminlarini so‘rilishi uchun organizmga yordamlashgani hisobiga teri va soch ahvoli yaxshilanishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Suyaklarni mustahkamlaydi

Qovoq urug‘i miya faoliyatini yaxshilab, suyaklarni mustahkamlaydigan fosforga boy mahsulot sanaladi. Fosfor suyaklar salomatligi uchun kalsiy singari muhim sanaladi. Aynan kalsiy bilan birga ushbu mikroelement suyak to‘qimalarini mustahkamlaydi.

Qovoq urug‘ini qanday iste’mol qilish kerak?

Qovoqdan ajratib olingan urug‘larni yaxshilab tozalab oling. Salfetka ustida quritib olgach, qandolat qog‘ozi ustiga qo‘ying va 10-12 daqiqa davomida pishirib oling. Olov past bo‘lgani yaxshi. Issiqlik qanchalik kam bo‘lsa, qovoq urug‘idagi foydali xususiyatlar shuncha ko‘p saqlanib qoladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qovoq urug‘ining inson salomatligi uchun 5 ta foydali xususiyati