18:36 / 07.09.2023
387

Tadqiqot: Disney malikalari qiz bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi tushishiga sabab bo‘lishi mumkin

Tadqiqot: Disney malikalari qiz bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi tushishiga sabab bo‘lishi mumkin

Kaliforniyalik olimlar yosh qizlarning sevimli qahramonlari tana tuzilishi va ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib ko‘rdi. Unga ko‘ra, Sindrella, Oppog‘oy kabi noreal darajada ozg‘in malikalar qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini zararlashi mumkin.

Aksincha, tana tuzilishi real qilib tasvirlangan qahramonlarning bunday zararli ta’siri yo‘q.

Tadqiqotchilar 61 ta Disney multfilmidagi 112 ta qahramonni o‘rganib chiqdi. Umuman olganda, oldinroq ishlangan Disney multfilmlarida malikalar nozik qilib ishlangan. Zamonaviy malikalar, masalan, qahramon Merida odatiy tana o‘lchamiga ega qilib tasvirlanadi.

Merida. Disney multfilmi qahramoni.

Ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ularning farzandlari ko‘proq qaysi malikani tanishi va bolalarining o‘ziga bo‘lgan ishonchi haqida savollar berilgan. Malika Elza eng taniqli qahramon sifatida topilgan. Bolalar eng ko‘p taniydigan top qahramonlar 10 taligida ultra-ozg‘in qilib tasvirlangan malikalar bor.

Umumiy tadqiqotda agar bolalarning sevimli qahramoni normal o‘lchamga ega bo‘lsa, ularning o‘ziga ishonchi ham yaxshi darajada bo‘lishi aniqlangan.

O‘rganilishicha, Disney malikalari o‘g‘il bolalarga qizlardan ham ko‘proq ta’sir qilishi mumkin.

Psixolog Ketrin Xallisining fikricha, qahramonlar bolalarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydiganday tuyulsa ham, lekin ular uzoq muddatli munosabatlarga ta’sir qiladi.

Bolalar va kattalar o‘z atrof-muhitidan ta’sirlanadi. Masalan, bola o‘ynaydigan ma’lum o‘yinchoq uning o‘ylariga va o‘zini tutishiga ta’sir qiladi. Agar biror o‘yinchoq bolaga go‘zallik timsoli deb ko‘rsatilsa, unda bola go‘zallikni aynan o‘sha o‘yinchoq bilan assotsiatsiya qilib o‘lchaydi.

Agar bola realroq tana o‘lchamiga ega bo‘lgan o‘yinchoq bilan o‘ynasa, bolaning tana shakli, o‘lchami va nisbati haqida ko‘proq real qarashlari paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham real tana o‘lchamli qahramonlar bolalar uchun foydaliroq.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tadqiqot: Disney malikalari qiz bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi tushishiga sabab bo‘lishi mumkin