18:00 / 08.09.2023
268

Olxo‘ri yeyish kimlarga mumkin emas?

Foto: “Korisno.24tv”

Olxo‘rini ortiqcha iste’mol qilish hatto sog‘lom inson uchun ham xavfli hisoblanadi. Ko‘p hollarda mevalarning zarari ulardan foydalanishning noto‘g‘riligi bilan bog‘liq.

Olxo‘rini ma’lum bir toifadagi  insonlar iste’mol qilishi mumkin emas:

  • mahsulotdagi glyukoza va fruktozaning yuqori darajasi tufayli diabet va vazn ortishi yuzaga kelishi mumkin;
  • yuqori kislotalilik gastritning kuchayishiga sabab bo‘ladi;
  • individual ta’sirchanlik;
  • emizikli onalar olxo‘rini iste’mol qilishi mumkin emas, sababi olxo‘ri iste’mol qilish chaqaloqlarda diareya va qorin dam bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Foto: “Korisno.24tv”

Bolalarning olxo‘ri iste’mol qilishi

Olxo‘rini ehtiyotkorlik bilan ratsionga qo‘shish kerak. Ko‘p miqdorda olxo‘ri iste’mol qilgan bolalar oshqozon buzilishi, shuningdek, epigastral mintaqada og‘riqni boshdan kechirishlari mumkin (qorinning markaziy qismi va kindik ustida joylashgan).

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yangi uzilgan olxo‘rilarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Pediatrlar bo‘tqa va tvorogga oz miqdorda olxo‘ri pyuresini qo‘shish mumkinligini ta’kidlashadi.

Flavonoidlarni o‘z ichiga olgan ko‘p sabzavot va mevalarni iste’mol qiladigan insonlarning salomatligi yaxshilanadi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va neoplazmalardan kamroq azoblanadi. Bu kabi foydali komponentlarni olxo‘ridan topish mumkin.

Olxo‘rida faol moddalar flavonoidlar, ya’ni antosiyaninlar mavjud bo‘lib, ularga binafsharang beradi. Mevalar qayta ishlangandan keyin ham foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

Foto: “Korisno.24tv”

Olxo‘ri tarkibida:

  • vitamin C;
  • vitamin A;
  • fruktoza va saxaroza;
  • xun tolasi;
  • organik kislotalar;
  • azotli moddalar, taninlar;
  • makro va mikroelementlar.

Olxo‘rining asosiy foydali xususiyati ichaklarni yumshoq tozalash va oshqozon-ichak trakti faoliyatini normallashtirishdir. Olxo‘ri ishtahani qo‘zg‘atish va ichak motorikasini oshirish qobiliyatiga ega, ateroskleroz uchun foydali, qon tomirlari devorlarida xolesterin to‘planishini kamaytiradi.

Foto: “Korisno.24tv”

Agar sog‘lig‘ingizda hech qanday muammo bo‘lmasa, kuniga 3-4 dona, diareyaga moyil bo‘lsangiz ikkitadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilishingiz mumkin.

Olxo‘ri turli xil bo‘tqalar bilan birlashtirish mumkin. Ular ikkinchi nonushta yoki kechki ovqatdan keyin ajoyib desert bo‘la oladi. Och qoringa olxo‘ri iste’mol qilish va uning ustidan sut ichish mumkin emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olxo‘ri yeyish kimlarga mumkin emas?