Qarshida mehmonxona administratori 800 ming so‘mga mijozlarga xona ajratgani uchun jarimaga tortildi

Qarshida mehmonxona administratori 800 ming so‘mga mijozlarga xona ajratgani uchun jarimaga tortildi

Qarshi shahridagi mehmonxonalardan birida ishlagan 25 yoshli administrator mijozlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani sabab sudlandi. U buning evaziga 800 ming so‘m talab qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, 2026 yil 12 iyul kuni soat 22:00 atrofida Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari Qarshi shahrining Shodlik mahallasida joylashgan mehmonxonada tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida mehmonxona administratori bir erkak va ayolga jinsiy aloqa qilishlari uchun mehmonxonaning uchinchi qavatidagi 13-xonani ajratib berishni taklif qilgan. Buning evaziga u 800 ming so‘m talab qilgan va pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, administrator mijozlarning shaxsini sir saqlash hamda ularni mehmonxonaning rasmiy ro‘yxatidan o‘tkazmaslikka rozi bo‘lgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining hukmiga ko‘ra, 25 yoshli erkakka 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar