date

Buyrakdagi toshlardan bartaraf qilish uchun qanday mevalar foydali hisoblanadi?

Buyrakdagi toshlardan bartaraf qilish uchun qanday mevalar foydali hisoblanadi?

Buyrakda toshlar to‘planib qolgan bo‘lsa, uni vitaminga boy mevalar orqali yo‘q bo‘lishi istaysizmi? Unda hayot tarzingizni o‘zgartirish uchun quyida tavsiyalarga amal qiling.

Limon - bir donadan limon, sabzi, olmani qirg‘ichdan o‘tkazib, sharbati alohida ajratiladi. Ushbu hosil bo‘lgan sharbatni kuniga 3-4 mahal, bir osh qoshiqdan ikki hafta davomida ertalabga ichiladi.

Jiyda
– bu buyrak yarasiga da’vodir. Jiydani har kuni ertalabga 2-3 donadan tanovul qilish kerak.

Rayhon – barglarini suvda qaynatib, ustiga ikki piyola qaynoq suv quyib, yarim soat davomida ediriladi. Dokadan o‘tkazilib, sharbatni buyrak og‘riganda yarim piyoladan kuniga 2 mahal ichiladi.

Na’matak – damlamasiga bir choyqoshiq asal qo‘shib kuniga 2 mahal ovqatdan oldin qabul qilish buyrak yarasi, buyrakdagi toshlarda yordam beradi.

Tarvuz po‘chog‘i – uni mayda to‘g‘rab, salqin joyda yoki bug‘xonada quritiladi. So‘ng ularni mayda tuyib ustiga 1:1 miqdorida sovuq suv quyib, past olovda yarim soat qaynatiladi. Qaynatmani sovitib, kuniga 3,5 mg‘al ovqatdan oldin bir piyoladan ichiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Buyrakdagi toshlardan bartaraf qilish uchun qanday mevalar foydali hisoblanadi?