21:50 / 11.09.2023
287

Immunitetni mustahkamlaydi: kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan 15 xil mahsulot

Immunitetni mustahkamlaydi: kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan 15 xil mahsulot

Kuz — shamollash va gripp mavsumi, unda burun bitib qolishi, yo‘tal va boshqa alomatlar yuzaga kelishi mumkin. Kasallikni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan yaxshiroq, buning uchun diyetangizga hamyonbop mahsulotlar ro‘yxatini kiritishingiz kerak. Immunitet tizimini mustahkamlaydigan va viruslarga qarshi kurashadigan mahsulotlar mavjud. Sovuq havoda kasal bo‘lmaslik va tezroq tuzalish uchun ularni yeyishingiz kerak.

Sitrus mevalar

Sitrus mevalarda mavjud bo‘lgan C vitamini immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan kuchli antioksidant hisoblanadi. Shuning uchun, diyetangizga apelsin, mandarin, limon va greypfrutlarni qo‘shing. Biroq C vitamini kivi, bulg‘or qalampiri, brokkoli, qovoq va pomidorda ham mavjud.

Foto: “Yandeks.ru” 

Sarimsoq va piyoz

Sovuq mavsumda ovqatingizga sarimsoq va piyoz qo‘shib iste’mol qiling. Ularda antibakterial, antifungal, antiviral, antiparazitik va antioksidant xususiyatlarga ega allitsin mavjud. Shuningdek, sarimsoq va piyoz C vitaminining yaxshi manbai bo‘lib, ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Foto: “Yandeks.ru” 

Chili qalampiri

Kayen yoki chili qalampirida kapsaitsin moddasi mavjud bo‘lib, u yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Ushbu mahsulotni iste’mol yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.

Foto: “Yandeks.ru” 

Lavlagi

Lavlagi betalain antioksidantlarini o‘z ichiga oladi, bu infeksiyadan kelib chiqqan yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.

Foto: “Yandeks.ru” 

Pomidor

Pomidor antioksidant likopenga boy bo‘lib, uni bir necha hafta davomida iste’mol qilish organizmda infeksiya paytida yuzaga keladigan oksidlovchi stress darajasini pasaytiradi.

Foto: “Yandeks.ru” 

Bargli ko‘katlar

Bargli ko‘katlar — kuchli antioksidant bo‘lgan E vitamini manbai. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diyetangizni kuniga 200 ME (milli ekvivalent) E vitamini bilan to‘ldirish nafas olish yo'llari infeksiyalarining chastotasi va og‘irligini kamaytirishi mumkin.

Foto: “Yandeks.ru” 

Qo‘ziqorin

Qo‘ziqorin an’anaviy xitoy tabobatida qo‘llanilganligi bejiz emas, chunki boshqa narsalar ushbu mahsulot ham qatorida antiviral xususiyatlarga ega. Qo‘ziqorinlar organizmga infeksiyalarga qarshi turishga yordam beradigan D vitamini va immunitetni yaxshilaydigan polisaxaridlarga boy.

Foto: “Yandeks.ru” 

Grechka

Grechkani ovqatlanish ratsioniga kiritish kerak, sababi u antioksidantlarga, vitaminlarga va minerallarga, jumladan, immunitet tizimining ishlashida juda muhim rol o‘ynaydigan ruxga boy.

Foto: “Yandeks.ru”

Asal

Asal sovuq mavsumda haqiqiy najot hisoblanadi. U tomoq og‘rig‘i uchun eng yaxshi vositalardan biri. Uning tabiiy antioksidantlari va antimikrobial xususiyatlari viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar keltirib chiqaradigan infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi.

Bundan tashqari, asal yo‘talning chastotasini kamaytirishi va nafas olish yo‘llari faoliyatini yaxshilashi mumkin. Asal uyqu sifatini yaxshilashi mumkin, undan tashqari bu mahsulot immunitetingizni ko‘tarish uchun juda muhim. Shuningdek, asal kasal bo‘lgan insonlar uchun foydali.

Foto: “Yandeks.ru”

Yog‘li baliq

D vitamini kuchli immunitetni saqlashga yordam beradi va losos kabi yog‘li baliqlar organizmga quyosh nuri yetarli bo‘lmaganda uni sintez qilish uchun qondagi optimal darajani saqlab qolishga yordam beradigan vitaminni yetarli darajada o‘z ichiga oladi. Biroq bu hammasi emas: D vitamini zaxiralari saratonning ayrim turlariga qarshi kurashish, suyaklarni mustahkamlash va hatto vazn yo‘qotishga yordam beradi.

Foto: “Yandeks.ru”

Achchiq shokolad

Shirinliklar ham foydali bo‘lishi mumkin. To‘q rangli shokoladda teobromin mavjud bo‘lib, u shamollashdan kelib chiqadigan yallig‘lanishni kamaytiradi. Me’yorida shokolad iste’mol qilish ham ayrim kasalliklarning oldini oladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Kurkuma

Ushbu ro‘yxatga ziravorlarni ham kiritish lozim. Kurkuma tarkibida yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan kurkumin birikmasi mavjud.

Foto: “Yandeks.ru”

Ko‘k choy

Ko‘k choy antioksidantlarga boy va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan katexinni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u viruslarning ko‘payishini bostirishi mumkin.

Foto: “Yandeks.ru”

Zanjabil choyi

Zanjabil sovuq havodagi viruslarni, ayniqsa, shamollashning eng keng tarqalgan sabablari bo‘lgan rinoviruslar oilasiga qarshi kurashish qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, u gingerol deb ataladigan yallig‘lanishga qarshi komponentni o‘z ichiga oladi, bu infeksiya bilan kurashishga yordam beradi.

Foto: “Yandeks.ru”

Kefir

Kefir immunitet tizimini mustahkamlaydigan ko‘plab foydali probiotiklarni o‘z ichiga oladi. Bizning immun tizimimiz bu probiotiklar bilan aloqador bo‘lgan oshqozon-ichak trakti bilan bevosita bog‘liq.

Foto: “Yandeks.ru”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni mustahkamlaydi: kasal bo‘lmaslikka yordam beradigan 15 xil mahsulot