Biror bir taomni qo‘ziqorinsiz tasavvur qila olmaydiganlar uchun ajoyib yangilik bor. Qo‘ziqorin ovqat ta’mini yaxshilashdan tashqari, sog‘liqqa ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Qo‘ziqorinlar yana nima uchun foydali?
Yosh ko‘rinishni saqlashga yordam beradi
2017-yilda Pensilvaniya shtati universiteti tadqiqotiga ko‘ra, qo‘ziqorinlar ikkita antioksidant — ergotionin va glutationning juda yuqori konsentratsiyasini o‘z ichiga oladi. Ushbu antioksidantlar organizmda ajinlar kabi qarishning ko‘rinadigan belgilarini keltirib chiqaradigan fiziologik stressdan himoya qiladi.
Miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni sekinlashtiradi
Tadqiqotchilarining aytishicha, yuqorida tilga olingan ikkita antioksidant (ergotionin va glutation) Parkinson va Alsgeymer kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Kelajakda nevrologik kasalliklar xavfini kamaytirish uchun kuniga kamida beshta qo‘ziqorin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ularning ozuqaviy xususiyatlarini yaxshi saqlab qolish uchun mikroto‘lqinli pech yoki grilda pishirish lozim.
Xotirani yaxshilaydi
Bu ruhiy salomatlik bilan bog‘liq yana bir foyda. Singapur Milliy universiteti tadqiqotchilari 2019-yilda haftasiga ikki porsiya qo‘ziqorin iste’mol qilish kognitiv pasayish ehtimolini kamaytirishi mumkinligini aniqladi.
Yurak salomatligini yaxshilaydi
Qo‘ziqorin taomlarning ta’mini tuzdan ham ko‘proq yaxshilaydi, chunki ular tarkibida glutamat ribonukleotidlari mavjud. Ushbu birikmalar qon bosimiga yoki yurak xastaligi xavfiga hech qanday ta’sir qilmasdan mazali ta’m beradi. Qo‘ziqorinlarning butun porsiyasida atigi 5 mg natriy mavjud. Shuningdek, qizil go‘sht uchun ajoyib o‘rinbosar bo‘lib, qo‘shimcha kaloriya, yog‘ va xolesterinni kamaytiradi.
Suyaklarni mustahkamlaydi
Supermarketdan UVB ko‘rsatilgan qadoqni olish lozim. Bu qo‘ziqorinlar qorong‘ida o‘stirilgandan farqli o‘laroq quyosh nurini ko‘rgan va ergosterol deb ataladigan birikmani to‘g‘ridan to‘g‘ri D vitaminiga aylantirgan. D vitamini esa suyak salomatligini mustahkamlaydi.
Energiyani oshiradi
Qo‘ziqorinlar B guruhi vitaminlariga boy: riboflavin (B2), foliy kislotasi (B9), tiamin (B1), pantotenik kislota (B5) va niatsin (B3). Ular organizmga iste’mol qiladigan oziq-ovqat energiyasidan foydalanishga yordam beradi va kislorod tashiydigan qizil qon hujayralarini ishlab chiqaradi.
Qanday qilib ko‘proq qo‘ziqorin iste’mol qilish kerak?
Qo‘ziqorinlarni maydalab, ularni tushlik yoki kechki ovqat uchun tayyorlayotgan go‘sht bilan iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, qo‘ziqorinlardan nonushta uchun omlet tayyorlash tavsiya etiladi. Makaron sousiga biroz qo‘ziqorin qo‘shib, uni yanda xushta’m qilish mumkin.
Ammo foydali va yeyilmaydigan qo‘ziqorinlarni farqlash juda muhim. Yovvoyi tabiatda o‘sadigan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilishdan saqlanish lozim. Ular zaharli bo‘lib, og‘ir kasalliklarga, ayrim hollarda esa o‘limga olib kelishi mumkin. Qo‘ziqorinlarni keng tarqalgan joyda — oziq-ovqat do‘konidan sotib olish tavsiya etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring