Tez charchab qolishning asosiy sabablari: Magniy tanqisligi va noto‘g‘ri ovqatlanish
Energiyaning kamayishi ish va o‘qish samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo holsizlik va lohaslik shunchaki kuzatilmasligi, buning asosli sababi bo‘lishi mumkin.
Suyuqlikning yetarli miqdorda bo‘lmasa
Organizmdagi hatto biroz suvsizlanish ham yoqimsizlik, kuchsizlanish va charchoqni keltirib chiqarishi mumkin. Mashg‘ulot vaqtida, issiq va aqliy zo‘riqish ortganda yetarli miqdorda suv ichishni unutmang.
Magniy tanqisligi
Magniyning tanqisligi energiya yetishmasligi, kuchsizlanish va lohaslikka sabab bo‘ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, magniyning 300-1000 milligrammi surunkali charchash va psixik muammolarga xos simptomlarni kamayishiga hissa qo‘shadi.
Stress
Stress vaqti adrenalinning jadallashgani hisobiga miya ko‘proq energiya sarflaydi. Asabiylashmaslikka harakat qiling – chuqur nafas olish va meditatsiya sizga bu borada yordam berishi mumkin.
Jismoniy faol bo‘lmaslik
Muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish, energiyaga to‘lishning eng yaxshi usuli. Tizimli ravishda mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanilsa, kishi o‘zini shuncha faol va ijobiy his qiladi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish
Oddiy uglevodlar va tarkibida shakar bisyor bo‘lgan mahsulotlar qondagi qand miqdorini birdaniga ko‘tarib yuborishi keyin esa tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish odam o‘zini kuchsiz his qilishiga olib keladi.
Kechasi bilan gadjetlardan foydalanish
Uyquga yotishdan 1-2 soat avval telefon va gadjetlaringizni o‘chiring va yotoqdan uzoqroqqa qo‘ying.
Ishdagi og‘irlik
Energiya bitmas-tuganmas manba emas. Ishga mukkasidan ketib o‘zingizni zo‘riqtirmang. Ortiqcha ish bajarib charchash oqibatida odatiy yumushlarga ham holingiz qolmasligi mumkin. Har doim dam olishga vaqt qoldiring. Shunda ishingizda ham unum bo‘ladi.
Temir moddasining yetishmasligi
Organizmdagi a’zolar va hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydigan temir moddasi tanqisligi toliqishga olib keladi. Uning qanchalik yetishmasligini qon tahlili yordamida aniqlasa bo‘ladi. Bunday vaqtda ratsionda temirga boy mahsulotlar – yong‘oq, pista, dengiz karami bo‘lishiga e’tibor qarating. Anemiya aniqlanganda shifokor qo‘shimcha dorilar yozib berishi mumkin.
Nonushta qilmaslik
Organizm faol ishlashi uchun energiya muhim sanaladi. Nonushta qilmasdan turib esa kishi o‘zini yaxshi his qilish imkoniyati kam bo‘ladi. Energiyaga muhtoj bo‘lgan tana tonggi ovqatlanishdan keyin kuchga to‘ladi.
Konditsionerning kirlangan filtrlari
Konditsioner filtrini kamdan-kam hollarda tozalash tez-tez charchab qolishga olib keladi. Allergologlar konditsionerlarni bugungi kundagi muammolarning asosiy sabablaridan deb biladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring