21:40 / 20.12.2023
375

Miriqib uxlashga xalaqit beradigan 5 ta oziq-ovqat mahsuloti

Miriqib uxlashga xalaqit beradigan 5 ta oziq-ovqat mahsuloti

Qulay uyquga ketish va miriqib uyg‘onish uchun tartibni qanday yaxshilash mumkin? Albatta, biologik soatni normallashtirishdan boshlash yaxshi bo‘ladi. Tanada odat paydo bo‘lgunga qadar har kuni bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishni shakllantirish kerak. Shu bilan birga, yotishdan oldin miriqib dam olishga xalal beradigan mahsulotlarni isteʼmol qilishdan ham tiyilish kerak. Quyida shunday oziq-ovqat mahsulotlari haqida hikoya qilamiz.

Qaynoq shokolad

Foto: stock.adobe.com

Shirinlikni sevuvchilar uchun bu faktni qabul qilish biroz qiyin bo‘lishi tayin. Agar siz tunni uyqu bilan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, 16:00 dan keyin qaynoq shokolad umuman isteʼmol qilmang. Buning sababi esa qora shokolad tarkibida tetiklantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan polifenolning borligi. Bundan tashqari, shokoladda yurak tezligini oshiradigan va uyqusizlikka olib keladigan teobromin ham mavjud.

Barra sabzavotlar

Foto: agrosale.az

Xomligicha isteʼmol qilinadigan sabzavotlar organizm uchun foydali ekanligini bilamiz. Ha, ularning barchasi foydali, lekin faqatgina yotishdan oldin isteʼmol qilinmasagina. Pomidor miyaning norepinefrin va norepinefrin kimyoviy modda ishlab chiqarishiga taʼsir qiluvchi tiraminga boy ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu moddalar miya faoliyatini kuchaytiradi.

Matcha va ko‘k choy

Foto: rusteaco.ru

Uyquga yotishdan bir necha soat oldin bu ichimliklar haqida unutishimiz kerak. Ko‘k choy va boshqa tetiklantiruvchi ichimliklarda kofein va yana ikkita — teobromin va teofillin stimulyatorni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi asabiylashish va tashvishlanishga olib kelishi mumkin.

Sitrus mevalar va sharbatlar

Foto: aif.ru

Ularning foydali xususiyatlaridan tashqari, bunday mevalar juda kislotali bo‘lib, oshqozon bezovtalanishiga olib kelishi mumkin. Ular isteʼmol qilinsa, sitrus mevalarning hidi miyani faollashtiradi, uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Qattiq pishloq

Foto: tv.ua

Qattiq pishloq tarkibida tiramin deb ataladigan aminokislotalarning yuqori foizi mavjud. U tanani tetik ushlab turadi. Imkon qadar pishloqlarni yotishdan 4-6 soat oldin isteʼmol qilish tavsiya etiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miriqib uxlashga xalaqit beradigan 5 ta oziq-ovqat mahsuloti