22:51 / 20.12.2023
542

Shifokor karamning o‘ta foydali xususiyatlarini oshkor qildi

Shifokor karamning o‘ta foydali xususiyatlarini oshkor qildi

Karamda ko‘plab foydali elementlar mavjud, shuning uchun u har kuni oshxona stolida bo‘lishi kerak. Bu mahsulot organizmni vitaminlar, minerallar va foydali tolalar bilan ta’minlashga qodir, dedi rossiyalik endokrinolog Yekaterina Yang o‘z Telegram-kanalida.

Karamning barcha turlari sog‘liqqa foydali: oq karam, xitoy karami, Bryussel karami va brokkoli. Ayniqsa, u jigarga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu poliz ekinini iste’mol qilish safro turg‘unligini oldini oladi va noxush alomatlardan qochishga yordam beradi.

Endokrinolog karam tarkibida sulforafan moddasi borligini eslatdi. U saratonga qarshi ta’sirga ega va surunkali yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.

Tuzlangan karam probiotik bakteriyalarning yuqori miqdori tufayli yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, u K2 vitaminiga boy.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor karamning o‘ta foydali xususiyatlarini oshkor qildi