20:48 / 06.01.2024
365

Bel sohasida nerv tolalari qisilganda nima qilish kerak?

Bel sohasida nerv tolalari qisilganda nima qilish kerak?
Foto: Wday
Bu og‘riqli holat ko‘pchilikka yaxshi tanish, keskin harakatdan keyin og‘riq paydo bo‘lsa, demak, nerv tolalari qisilib qolgan bo‘ladi. Ko‘pincha bu qo‘l, oyoq yoki bel sohasida kuzatiladi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Wday nashri quyida ushbu savolga javob berdi.
 
Avvalo nerv tolasining nima uchun qisilganini aniqlash kerak. Bir qarashda eng ko‘p uchraydigan alomat — kuchli og‘riq. Biroq bu boshqa kasalliklarning ham belgisi bo‘lishi mumkin. Atrofdagi to‘qimalar nerv ildizlariga juda ko‘p bosim o‘tkazganida, nerv tolalari qisilishi paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday muammoning sababi bel sohasidagi ortiqcha zo‘riqish yoki osteoxondrozdir.
 
Ma’lumki, umurtqa pog‘onasi juda kuchli va bel mushaklari organizmdagi eng katta mushaklardan biridir. Bularning barchasi agar to‘g‘ri amalga oshirilsa, og‘ir harakatlarni bajarishga yordam beradi. Muammo shundaki, buni hamma ham bilmaydi. Eng keng tarqalgan xato — bu egilgan bel bilan yukni ko‘tarish va belni tiklashga urinish.
 
Og‘irlik qancha ko‘p bo‘lsa, asab tolasining qisilish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar zo‘riqish kuchli bo‘lmasa, unda xavf minimal bo‘ladi. Lekin sabab osteoxondroz bo‘lsa, unda hamma narsa ancha jiddiy bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallikda umurtqa bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi, ular kamroq elastik bo‘lib, asab tolalariga bosim o‘tkaza boshlaydi.
 
Agar bel sohasida asab tolalari qisilsa, nima qilish kerak? Albatta, belni ehtiyot qilish lozim. Umurtqa pog‘onasi dam olsin. Bel bilan yotish va dam olish tavsiya etiladi. Og‘riq susaymasa, qorin bilan uxlash kerak. Bunday vaqtda belni bo‘sh qo‘yish lozim. Og‘riq yo‘qolganda, bel sohasini davolashga kirishish kerak. Maxsus korset yoki har qanday zich material bilan o‘rab olish mumkin.
 
Shuningdek, ushbu holatda uyda yotish yaxshi bo‘lsa-da, shifokorga murojaat qilish tavisya etiladi.
 
Nevralgiyaning asosiy sababi umurtqa disklarning shikastlanishi, ikkinchidan, qo‘shimcha omillar: gipotermiya, noto‘g‘ri tana holati, noqulay jismoniy faoliyat.
 
O‘tkir nevralgiya holatida og‘riqni to‘xtatuvchi preparatlar buyuriladi. Og‘riqqa chidash qiyinlashadi, u surunkali bosqichga o‘tishi va jiddiy kasallikka aylanishi mumkin. O‘tkir bosqichda ham, surunkali bosqichda ham turli xil jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazish mumkin.
 
Agar sabab umurtqa pog‘onasining shikastlanishi bo‘lsa, unda davolash neyroxirurgiyadan konservativgacha, fizioterapiya mashqlari, yetarli jismoniy faoliyat (sog‘lom turmush tarzi) buyuriladi. Har qanday og‘riqni ham uyda davolash yoki o‘tib ketishini kutish mumkin emas. Ba’zida bu kabi og‘riq qovurg‘a orasi nevralgiyasi, o‘tkir miokard infarkt belgisi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bel sohasida nerv tolalari qisilganda nima qilish kerak?