Foto: Wday
Qishda mandarindan ko‘ra sevimliroq meva bo‘lmasa kerak. Ajoyib ta’mga qo‘shimcha ravishda, u immunitet tizimini C vitamini bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Aytgancha, uning foydasi faqat mevasidagina bo‘lib qolmay, balki ko‘pchilik chiqindiga chiqarib yuboradigan oq po‘stlog‘i ham bir qancha xususiyatlarni o‘zida jamlagan, deb yozadi “Noviy ochag”.
Mandarinning oq po‘stlog‘ini tozalash kerakmi?
Ko‘pchilik uchun mandarin mevasidagi oq po‘stloq (albedo deb ataladi) unchalik yoqimli ko‘rinmaydi. U deyarli ta’mga ega emas, yumshoq, tolali va tishlarga yopishib qoladi. Eng oson yo‘li, uni tozalash va po‘chog‘i bilan birga chiqindiga yuborish. Ammo bunday qilmaslik lozim, chunki uning tarkibida qimmatbaho balast va o‘simlik moddalari mavjud, qolaversa, C vitamini mevasiga qaraganda biroz kamroq. Albedo umuman sitrusning deyarli eng foydali qismidir.
Oq po‘stloqni iste’mol qilishning afzalliklari nimada?
Yuqorida aytib o‘tilgan C vitaminidan tashqari, albedoning oq tolalarida boshqa juda foydali moddalar mavjud, jumladan:
- pektin eriydigan kletchatka bo‘lib, xolesterinni kamaytirishga yordam beradi va to‘qlik hissini oshiradi;
- flavonoidlar-gesperidin va naringenin mavjud bo‘lib, birinchisi yallig‘lanishga qarshi, ikkinchisi qonda shakarning ko‘payishini oldini oladi. Bundan tashqari, ular yog‘ eritish xususiyatiga ham ega. Moddaning kunlik dozasini olish uchun har kuni 1 choy qoshiq albedo iste’mol qilish kifoya. Ammo esda tutish kerakki, ko‘p mandarin iste’mol qilish mumkin emas, mutaxassislar kuniga 4-5 dona bilan cheklanishni tavsiya qiladi;
- gesperidinning allergiya va saratonga qarshi xususiyatlarini eslatib o‘tish kerak, bu fan tomonidan tasdiqlangan. Ba’zi tadqiqotlar moddaning keksa ayollar uchun foydasini tasdiqladi — gesperidin menopauza belgilarining intensivligini yengillashtiradi va gormonal muvozanatni me’yorlashtiradi.
Mandarindan tashqari, gesperidin apelsin, limon va greypfruitning qobig‘i va sharbatida mavjud.
Foto: Wday
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, karotenoidlar jigar saratoni rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin. Mandarin albedosida yana bir antikanserogen — limonen mavjud bo‘lib, u ko‘krak saratonidan himoyalanishga qo‘shgan hissasi bilan mashhur.
Ushbu moddalarni yana qanday mahsulotlardan olish mumkin?
Agar mandarinning oq qobig‘ini yoqtirmasangiz, ro‘yxatdagi moddalarni boshqa qishki meva va sabzavotlardan olishga harakat qilish mumkin. Olma va nokning kuzgi navlari ham bu borada foydalidir. Kletchatka va C vitaminiga boy, shuningdek, o‘z xususiyatlarini yangi va tuzlangan holda saqlaydigan oq karam ham yuqoridagi xususiyatlarga ega.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring