153
Choyni me’yoridan ko‘p ichish bosh og‘rig‘i va anemiyaga sabab bo‘lishini bilarmidingiz?
Foto: Wday
Choy an’anaviy va eng ko‘p ichiladigan ichimliklardan biri hisoblanadi. Shifokorlar ham choyning zararidan ko‘ra ko‘proq foydali xususiyatlari haqida gapiradi, lekin ba’zi hollarda sog‘lik uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Kardiologlarning ta’kidlashicha, ushbu ichimlikka bo‘lgan qaramlik organizm uchun haqiqiy xavfni tug‘diradi. Kofeinga boy choyni ortiqcha iste’mol qilish bosh og‘rig‘i, bezovtalik hisining oshishi va uyqusizlikka olib keladi.
Kun davomida ko‘p choy ichish tufayli anemiya ham rivojlanishi mumkin. Sababi choy tarkibida taninlar bo‘lib, ular temirning oziq-ovqatdan ajralishiga to‘sqinlik qiladi. Choyni achchiq qilib ichish yurak-qon tomir tizimini zararlaydi. Bu esa qon bosimining oshishi va yurak urishi tezlashishiga olib keladi.
Organizmning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda choy ichish kerak. Shuningdek, kardiologlar choyning organizm uchun zarar keltirmaydigan sutkalik normasini 2-10 stakan ekanligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Superliga. "Navbahor" safarda "Qizilqum"ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi