13:00 / 07.02.2024
359

Qora shokoladning organizmga foydali xususiyatlari

Qora shokoladning organizmga foydali xususiyatlari
Foto: Grazia
Qora shokolad – bu kakao kukuni, kakao moyi va shakardan iborat bo‘lgan shokolad turi, ammo sut qo‘shilmaydi. U boshqa shokolad turlariga qaraganda foydali hisoblanadi, chunki tarkibida kakao ko‘p, shakar kam.

Shokolad tarkibida kakao qancha ko‘p bo‘lsa shuncha achchiq ta’mga ega bo‘ladi. Tarkibida 70—80 foiz kakao bo‘lgan shokolad achchiq shokolad nomi bilan, tarkibida 50 foiz kakao bo‘lgan shokolad qora shokolad nomi bilan sotiladi. Achchiq shokolad foydaliroq hisoblanadi.

U yuqori energiya manbasi bo‘lib, 100 gr achchiq shokolad deyarli 539 kkl tashkil qiladi.

Tarkibida:
  • hujayra tolasi — 7,4 gr;
  • temir moddasi — 5,6 mgr;
  • magniy — 133 mgr;
  • fosfor — 170 mgr;
  • kaliy — 360 mgr;
  • kalsiy — 45 mgr;
  • RR vitamini — 2,1 mgr;
  • E vitamini — 0,9 mgr;
  • B1, B2 vitaminlari — 0,7 mgr va to‘yingan yog‘ kislotalari mavjud.

Antioksidatlardan flavin, flovonoidlar, kaxetin moddalari bor. Tarkibidagi kofein va teobromin esa kofega nisbatan deyarli 100 baravar kam.

Achchiq shokoladning 7 ta tasdiqlangan xususiyati mavjud.

Antioksidant ta’siriga ega

Kakao urug‘i antioksidant flovonoidlar, polifenollar va boshqa biologik faol moddalarga boy. Antioksidantlar organizmdagi erkin radikallarni zararsizlantiradi. Ushbu “tajovuzkor“ zarralar miokard infarkti, qon bosimi kasalligi, xavfli o‘smalar, miya ishemiyasi, qandli diabet va boshqa ko‘plab surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Qon bosimini pasaytiradi

Nemis va Britaniya olimlarning tadqiqotlarida kakaoning faol komponentlari arteriya hujayralarida azot oksidini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi, u qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi va kengaytiradi, bu qon bosimini pasayishiga olib keladi, shuningdek, antioksidantlar va mikroelementlar qonning bioximik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.

Aterosklerozning oldini oladi

Kakao tarkibidagi moddalar “yomon” xolesterinni (past zichlikdagi lipoprotoinlarni) kamaytiradi. Tarkibidagi antioksidantlar arteriya ichki devori hujayralari (endoteliya) shikastlanishining oldini oladi. Endoteliya shikastlanishi qon quyqasi tromb hosil bo‘lishiga olib keladi, bu qon oqimini qisman yoki to‘liq cheklashi mumkin.

Terini himoya qiladi, ayniqsa nozik yuz terisini taranglashtiradi

Kakao kukunidagi antioksidantlar teri hujayralaridagi qon oqimini ko‘paytirishi, metobolizmni yaxshilashi, teri namligi saqlashi isbotlangan. Bu o‘zgarishlar fonida quyosh nurlarining teriga ziyoni pasayadi.

Miya faoliyatini yaxshilaydi

Kakao tarkibidagi flavonoidlar, antioksidantlar miya to‘qimalarida qon oqimini oshiradi, Parkinson, Alsgeymer kasalligining oldini oladi. Serotanin “baxt” garmoni sintezini kuchaytiradi, depressiyaning oldini oladi. Undan tashqari oz miqdordagi kofein va teobromin xotira, fikrlash, diqqatni kuchaytiradi, bu ayniqsa intensiv aqliy mehnat davrida, ruhiy stress paytida juda muhim.

Qandli diabet kasalligiga ta’siri

Shokolad tarkibidagi polifenollar to‘qimalarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi, qondagi qand miqdorini, “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiradi. Insulinni tana to‘qimalariga ta’sirini oshiradi. Kakao kukunidagi flovonoidlar qandli diabet kasalligi ta’sirida rivojlanadigan neropatiyani kamaytiradi.

Foydalanish bo‘yicha maslahatlar

Tarkibida kakao miqdori 70 foiz va undan yuqori bo‘lgan mahsulotga ustunlik berish tavsiya etiladi. Shuningdek sun’iy yog‘lar, ranglar, konservantlar bo‘lmagani ma’qul.

Shokoladni xona haroratida (15—20 daraja iliqda) suv va quyosh nurlaridan himoyalangan holatda saqlash kerak.

Kattalarga kuniga 40—50 gr, 7—12 yoshgacha 15—20 gr, 15—17 yoshgacha 30—40 gr tavsiya etiladi. Muntazam ko‘p iste’mol qilish qaramlikni keltirib chiqaradi.

Shokoladni ovqatdan keyin har bir bo‘lakchasini issiq choy yoki sut bilan ichish afzal, och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qora shokoladning organizmga foydali xususiyatlari