30 yoshdan so‘ng ayollar ortiqcha vazn hozil bo‘lishini oldini olish bilan birgalikda turli xil kasalliklar xavfi tufayli taomlanish tartibi va dietaga ahamiyat berishlari lozim. Quyida qanday mahsulotlar ayollar organizmi uchun zarar keltirishi haqida so‘z boradi.
Endokrinolog Alina Alkasheva Rossiya nashrlaridan biri bilan suhbatda ayollar salomatligiga eng ko‘p zarar yetkazadigan mahsulotlar ro‘yxatiga to‘xtalib o‘tdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa bir nechta noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shakar
Foto: Staplefood
Avvalo, ayollarga shakarni suiiste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi, chunki shaker semirib ketish xavfi, keyinchalik insulinga rezinentlikni keltirib chiqaradi. Bu tashxis o‘ta xavfli emas, ammo davolanmasa, diabetning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda, bu kasallik hayot sifati va davomiyligiga sezilarli ta’sir qiladi. Xavfni o‘z vaqtida aniqlash uchun qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish zarurdir.
Shakar yuz terisiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi: u kollagen ishlab chiqarishni to‘xtatib, erta qarishga olib keladi. Endokrinolog ayollar uchun oddiy uglevodlarning eng xavfsiz sutkalik miqdori 50 gramm deb belgilaydi.
Spirtli ichimliklar
Shifokor Alkashevaning fikricha, spirtli ichimliklardan to‘liq voz kechish salomatlik garovidir. Etil spirti ichak mikroflorasiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi, vitaminlar, minerallar, yog‘lar, oqsil va uglevodlarning organizmga so‘rilish jarayoniga putur yetkazadi.
Sut va sut mahsulotlari
Foto: Cabothealth
Hayron bo‘lishingiz mumkin, ammo sut mahsulotlari ham ayollar uchun zararli mahsulotlar sirasiga kiradi. Me’yoridan ortiq iste’mol qilingan sut organizmda katta miqdorda insulin ishlab chiqarishni boshlaydi va natijada sut tarkibidagi laktoza terida husnbuzarlar va shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi